Jahon School O‘quvchilarning kompleks rivojlanishi bo‘limi rahbari o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni taklif etadi.
Jahon School jamoasiga tajribali, mas’uliyatli va tashkiliy qobiliyatga ega mutaxassisni O‘quvchilarning kompleks rivojlanishi bo‘limi rahbari o‘rinbosari lavozimiga ishga taklif qiladi.
Mazkur lavozim o‘quvchilarning intellektual, ma’naviy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishini tizimli ravishda tashkil etish hamda nazorat qilishga qaratilgan muhim boshqaruv pozitsiyasidir.
Agar siz liderlik salohiyatiga, strategik fikrlash qobiliyatiga va ta’lim sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz — sizni jamoamiz safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!
Diqqat!
Rezyume (CV) taqdim etilmagan taqdirda nomzodlik ko‘rib chiqilmaydi.
Asosiy vazifalar:
- O‘quvchilarning kompleks rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Sinfdan tashqari tadbirlar, to‘garaklar va loyihalarni tashkil etish;
- Maktab miqyosidagi bayramlar, forumlar, tanlovlar, ijtimoiy va madaniy tadbirlarni rejalashtirish hamda ularni yuqori saviyada tashkil etishda bevosita ishtirok etish;
- Yangi tashabbuslar va innovatsion g‘oyalarni ilgari surish hamda ularni amaliyotga joriy etish;
- O‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;
- Bo‘lim faoliyatini strategik rejalashtirish va nazorat qilish;
- Pedagoglar, psixolog va sinf rahbarlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- Ota-onalar bilan samarali muloqotni tashkil etish;
- Ichki hisobot va hujjatlarni yuritish;
- Maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Talablar:
- Pedagogika yoki boshqaruv yo‘nalishida oliy ma’lumot;
- Ta’lim sohasida kamida 3–5 yillik ish tajribasi;
- Rivojlangan tashkiliy va liderlik ko‘nikmalari;
- Loyihalarni boshqarish tajribasi;
- Maktab tadbirlarini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba;
- Yuqori darajadagi kommunikativ ko‘nikmalar;
- Tashabbuskorlik, kreativ fikrlash va mas’uliyat;
- Jamoada ishlash va yuzaga keladigan vazifalarni tezkor hal qilish qobiliyati.
Biz taklif qilamiz:
- Suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadigan raqobatbardosh oylik maosh;
- Ish joyi: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy Shoh ko‘chasi, 83;
- Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha, 09:00 – 18:00;
- Kompaniya hisobidan bepul tushlik;
- Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari;
- Ahil jamoa, korporativ tadbirlar va timbildinglar.