Ташкент, улица Беруни, 83
Jahon School o‘z jamoasiga O‘quv-tashkiliy ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosarini taklif etadi.
Ushbu lavozim maktabning o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, akademik sifatni nazorat qilish hamda pedagogik jamoa faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan muhim boshqaruv pozitsiyasidir.
Agar siz liderlik qobiliyatiga ega, tashkiliy salohiyati kuchli va ta’lim sifatini oshirishga intiladigan mutaxassis bo‘lsangiz — sizni jamoamizga taklif etamiz!
O‘quv jarayonini rejalashtirish va muvofiqlashtirish;
O‘quv rejalar, dars jadvallari va metodik hujjatlarni nazorat qilish;
O‘qituvchilar faoliyatini monitoring qilish va baholash;
Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ichki nazorat va hisobot tizimini yuritish;
Ota-onalar va pedagoglar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Davlat ta’lim standartlari va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
Akademik natijalarni tahlil qilish va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.
Pedagogika yoki ta’lim boshqaruvi yo‘nalishida oliy ma’lumot;
Ta’lim sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
Rahbarlik yoki boshqaruv tajribasiga ega bo‘lish afzallik beradi;
Hujjatlar bilan ishlash va hisobot tayyorlash ko‘nikmasi;
Tashkiliy qobiliyat, mas’uliyat va liderlik sifatlari;
Jamoa bilan samarali ishlay olish va muammolarni hal qilish ko‘nikmasi.
Kundalik.com, ERP tizimlari, shahodatnoma bazasi hamda boshqa ta’limga oid elektron platformalar bilan erkin va mustaqil ishlay olish;
Yangi o‘quvchilarni ro‘yxatga olish, qabul jarayonini yuritish hamda o‘quvchilarni belgilangan tartibda chiqarish (ko‘chirish) jarayonlarini to‘g‘ri tashkil eta olish;
Suhbat asosida belgilanadigan raqobatbardosh oylik maosh;
Ish joyi: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, 09:00 – 18:00; shanba qisqartirilgan ish kuni
Mazali tushlik kompaniya hisobidan;
Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
Do‘stona jamoa, korporativ tadbirlar va timbildinglar.