Lavozim bo‘yicha malaka talablari
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (qurilish, arxitektura, muhandislik, infratuzilma boshqaruvi yo‘nalishlari);
- Infratuzilma, qurilish, xo‘jalik faoliyati yoki texnik xizmat ko‘rsatish sohasida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Qurilish normalari va qoidalari, texnik reglamentlar hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
- Loyihalarni rejalashtirish va monitoring qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
- Texnik hujjatlar, smeta va loyiha materiallari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi;
- Kompyuter savodxonligi (MS Office dasturlari, elektron hujjat aylanish tizimlari) bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;
- Analitik fikrlash, hujjatlar bilan ishlash va hisobot tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- Jamoada ishlash, mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi.
- Qurilish va infratuzilma obyektlari bo‘yicha texnik nazorat (texnazor) sertifikatiga ega bo‘lishi;
Funksional vazifalari
- Tashkilot infratuzilmasini rivojlantirishga oid loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;
- Bino va inshootlarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiya qilish ishlari jarayonini monitoring qilish;
- Infratuzilma obyektlarining texnik holatini o‘rganish va tahlil qilish;
- Kapital va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Qurilish va ta’mirlash ishlarining belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiqligini nazorat qilish;
- Pudratchi tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini tashkil etishda ishtirok etish;
- Texnik hujjatlar, dalolatnomalar, xizmat yozishmalari va hisobotlarni tayyorlash;
- Moddiy-texnik resurslardan oqilona foydalanilishini monitoring qilish;
- Energiya samaradorligi va infratuzilma samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Mehnat muhofazasi, yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
- Rahbariyat va sektor mudiri topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish;
- O‘z vakolatlari doirasida boshqa tegishli vazifalarni amalga oshirish.
Universitet taklif qiladi:
- Nufuzli universitetda ishlash imkoniyati
- Zamonaviy ish muhiti
- Karyera o‘sishi
- Jamoaviy va professional muhitda ishlash