Ташкент, Чиланзарский район, махаллинский сход граждан Катта Домбрабад
Asaxiyga "yurak va "intizom" qidiryapmiz (HR Direktori)
Asaxiy — O'zbekistonning ilk internet-do'konlaridan biri, nashriyot va kitoblar olami. Bu — imkoniyatlar maskani. Bizning ofis, do'kon va omborlarimizda yuzlab iqtidorlar, ayniqsa yoshlar ishlaydi.
11 yildan beri o'sib kelayotgan kompaniya sifatida bizga Emotsional Intellekti (EQ) kuchli, kompaniya manfaatini ko'zlagan holda ishga olish, moslashuv, intizom va jamoada atmosferani yarata oladigan kuchli HR kerak.
Hozir bizga shunchaki "Kadrlar bo‘limi boshlig‘i" emas, insonlarni baholab biladigan psixolog, jamoa uchun g‘amxo‘r OPA, talabchan USTOZ va strategik HAMKOR bo‘la oladigan proaktiv inson kerak.
Ochiq aytamiz: Bizda ish qaynaydi. Jamoamizga esa yangi qon va e'tibor kerak.
Siz aynan biz qidirayotgan insonsiz, agar:
✅ Siz uchun HR — bu qog‘ozbozlik emas, balki INSONLAR bilan ishlash bo‘lsa.
✅ "Retail" (Chakana savdo) nimaligini bilsangiz va do‘kon yoki ombordagi shovqin-suron sizga ofis sukunatidan ko‘ra yoqimliroq bo‘lsa.
✅ Sizda "Temir intizom" va "Onalarcha mehr" balansi bo‘lsa. Ya'ni, ishda talabchan, lekin xodimning dardi bo‘lsa — birinchi bo‘lib eshitadigan sirdosh bo‘la olsangiz.
✅ Yoshlar, talaba qizlar va yigitlar bilan til topishib, xotirjam va ishonchli muhitni yarata olsangiz.
Asosiy vazifalaringiz:
- Rekrutment. Shunchaki e'lon berib kutib o'tirmasdan, turli kanallar orqali faol kadr izlash. Kompyuter oldidan uzoqlashib, kerak bo'lsa universitet va "polya"dan odam topish.
- Adaptatsiya. Xodimni tezkor "onboarding" (moslashtirish) qilish tizimini yuritish.
- Soddalashtirish. Yangi kelgan xodimlar ishni tezroq o'rganishi uchun sodda tizim (instruksiya, checklist, video) yaratish.
- Intizom. Jamoada tartib va intizomni yaxshilash
- Rivojlanish. Xodimlar professionalizmini oshirish va jamoa bilimini yaxshilab borish.
- Ijtimoiy lift. Iqtidorli xodimlarga karyera qilish, oddiy xodimdan rahbarga aylanish imkonini beradigan tizim yaratish.
- Muhit. Ishonchli, oilaviy muhit yaratish. Jarayonlarga his-hayajon qo'shish va atmosferani yaxshilash.
Bizdan talablar:
- Chakana savdo (Retail) yoki HoReCa sohasida odamlar bilan ishlash tajribasi.
- O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish.
- Byurokratiyani yomon ko‘rish va natijaga yo'nalganlik.
- Tizimni yaxshilash, imkoniyatlarni payqash va optimizatsiya qilish qobiliyati.
- Yuqori EQ (Emotsional intellekt) va IQ.
Biz nimalar beramiz:
Erkinlik: Bor instrumentlardan foydalanib, o'z HR tizimingizni noldan ijod qilasiz.
Hurmat va Ishonch: Siz shunchaki xodim emassiz, siz Asaxiy asoschilari va Top menejment bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan hamkorsiz.
Imkoniyat: O'sib borayotgan, katta missiyaga ega kompaniya tarixida katta iz qoldirish imkoniyati.
Qiziqdingizmi? Unda sizdan shunchaki zerikarli "shablon rezyume" emas, shaxsiyatingizni ochib beradigan ma'lumotlar (yoki erkin xat, video) kutamiz.
Maosh: 12 000 000 So'm va moslashuvdan so'ng KPI (natijaga qarab 2-3 million so'mgacha)
KAZAKHSTAN MANAGEMENT HOTEL COMPANY (КАЗАХСТАН МЕНЕДЖМЕНТ ОТЕЛЬ КОМПАНИ)
Ташкент
от 1200 USD
GLOBAL MEDICAL CENTER
Ташкент
до 20000000 UZS
GLOBAL MEDICAL CENTER
Ташкент
до 20000000 UZS
ALEX ENGINEERING
Ташкент
до 20000000 UZS
Rahimov School
Ташкент
до 25000000 UZS
International Beverages Tashkent
Ташкент
до 20000000 UZS