Hozirgi kunda ASKO — O‘zbekistondagi 55+ filial do'konlarga ega, yirik avtomobil ehtiyot qismlari (shina, disk, akkumulyator) tarmog‘i. Kompaniya bosqichma-bosqich kengayib borayotganligi tufayli rekruting jarayonlarini boshqaradigan, tizimlashtiradigan va samaradorlikni oshiradigan kuchli mutaxassis izlaymiz.
Bizga aynan qanday mutaxassis kerak? Quyidagi ikki toifadan istalganiga mos bo‘lsangiz — siz bizga kerakli nomzodsiz:
- 1. Tajribali nomzodlar uchun: 1–3 yil HR yoki rekruting tajribasi
- Intervyu o‘tkazish, baholash, sourcing jarayonlarini bilish
- Katta oqimdagi nomzodlar bilan ishlash ko‘nikmasi
- Mas’uliyat, tizimli fikr, KPI asosida ishlay olish
- 2. Potensiali yuqori, tez o‘rganadigan nomzodlar uchun: Agar sizda: kuchli muloqot ko‘nikmasi tez o‘rganish qobiliyati jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi tartib, intizom va mas’uliyat bo‘lsa — sizni ASKOda professional rekruter qilib o‘qitamiz!
- Har oy 2 marta HR-treninglar o‘tkaziladi — metodikalar, intervyu texnikasi, sourcing qoidalari, KPI boshqaruvi
Asosiy vazifalar - Rekruting bo‘limi jarayonlarini to‘liq yo‘lga qo‘yish
- Filiallar uchun doimiy nomzodlar oqimini ta’minlash
- Intervyular o‘tkazish va baholash
- Sourcing strategiyalarini joriy qilish
- HR tizimlari bilan ishlash: Onboarding, Adaptatsiya
- KPI bo‘yicha ishlash: intervyu sifati, yopilish tezligi, nomzod konversiyasi
Biz sizga taklif qilamiz - Rasmiy ish
- Mazali tushlik kompaniya hisobidan
- Ish vaqti: 09:00–18:00
- Oylik HR treninglar (oyiga 2 marta)
- Barqaror maosh + bonus
- Karyera yo‘li: Katta Rekruter → Rekruting rahbari → HR bosh mutaxassis
Talablar - Mas’uliyatli, tirishqoq, odamlar bilan ishlashni yoqtiradigan
- Kompyuterda ishlay olish: Word, Excel, Telegram, Google Sheets
- Yaxshi nutq madaniyati (O‘zbek / Rus tilida)
- Katta hajmdagi ishni boshqara olish
- Tizimli va tahliliy fikrlash
- O'zini rivojlantirish va o'rganishga ochiqlik
О компанииASKO — rivojlanadigan va rivojlantiradigan kompaniya. Agar siz HR’ni haqiqiy kasb sifatida qabul qilsangiz, biz sizni izlayapmiz!