Ташкент, улица Алишера Навои, 7
Vazifalari:
Savdo jarayonini boshqarish va nazorat qilish
Jamoani boshqarish, motivatsiya berish
Sotuvchilar(agentlar) tomonidan CRM/SalesDoctor va hisobotlarning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish
Sotuv rejalarining bajarilishini ta’minlash
KPI tizimini nazorat qilish va takomillashtirish
Debitorlik qarzdorligini nazorat qilish
Katta mijozlar bilan muzokara va shartnoma tuzish, munosabatlarni rivojlantirish
Mijozlar bazasini tahlil qilish va boshqarish
Sotuvchilarni(agentlarni) o‘qitish, ehtiyojlarni aniqlash va treninglar o‘tkazish
Biznes jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflar berish
Bozor va raqobatchilarni tahlil qilish, yangi o‘sish nuqtalarini topish
Hisobotlar yuritish
Talablar:
Supervayzer sifatida kamida 1 yillik tajriba
Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot
Kuchli liderlik ko‘nikmalari
Savdo jamoasini boshqarish, motivatsiya berish qobiliyati
Muzokara o‘tkaza olish
Kuchli kommunikativ va prezentatsiya ko‘nikmalari
Savdo bo‘yicha treninglar o‘tkazish tajribasi afzal
O‘zbekiston bo‘ylab komandirovkalarga tayyorlik
O‘zbek tilini yaxshi bilish
Kompyuter savodxonligi (MS Office, Excel), CRM, Smartup/SalesDoctor
Siz biz bilan Supervayzer bo‘lib nimaga ega bo‘lasiz:
✅ Real boshqaruv amaliyoti
Siz faqat marshrutlarni nazorat qilmay, balki hududni, savdo jamoasini boshqarasiz. Savdo ko‘rsatkichlari, chegirmalar, debitorlik va assortimentga bevosita ta’sir qilasiz.
✅ Karyera o‘sishi va ishonch
Biz o‘sib borayotgan kompaniyamiz. Natija ko‘rsatsangiz — ko‘proq vakolat, yangi hududlar va lavozimlar sizni kutadi (ROP bo‘lish imkoniyati).
✅ Rahbarlar maktabiga xos o‘qitish
Aniq reglamentlar, KPI, kundalik plan-fakt tahlil — bu sizni haqiqiy boshqaruvchi sifatida shakllantiradi.
✅ Biznesni ichidan ko‘rish
Siz yig‘ilishlar, menejment tahlillari va jarayonlarda ishtirok etasiz — kompaniya boshqaruvi qanday ishlashini yaqqol ko‘rasiz.
✅ Kuchlilar qadrlanadigan muhit
Biz ideal odamni kutmaymiz — javobgarlik oladigan va natija qiladiganlarni rivojlantiramiz.
Sharoitlar:
Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga olish
Ish grafigi: 09:00 – 18:00, 6/1
Ofis- metro yaqinida
Karyera o‘sish imkoniyati
Korporativ aloqa va tushlik kompaniya hisobidan
Do‘stona va rivojlanishga yo‘naltirilgan jamoa
Telegramga rezume tashlab qoying, biz koʻrib chiqib bogʻlanamiz,
Telegram: @MukhriddinTagoev
Ташкент
до 13000000 UZS
SADKO INTERNATIONAL HOSPITALITY
Ташкент
до 15000000 UZS
SADKO INTERNATIONAL HOSPITALITY
Ташкент
до 15000000 UZS
Rooms management group (RMG) (OOO Ekotexproekt-engineering)
Ташкент
до 15000000 UZS