Ташкент, Чиланзарский район, проспект Бунёдкор, 7Б к3
Bizga raqamlarni gapirtira oladigan, jadval ortida jarayonlarni ko‘ra biladigan va HR qarorlarini faktlar bilan kuchaytiradigan analitik fikr egasi kerak.
Agar siz uchun ma’lumot — shunchaki raqamlar emas, balki to‘g‘ri savol va aniq javoblar manbai bo‘lsa, demak, sizni izlayapmiz.
Kimni qidirmoqdamiz:
• Bitiruvchi talabalar bosqichga tayyor yosh mutaxassislar;
• Axborot texnologiyalari yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega;
• Axborot tizimlarini yaratish va loyihalarni boshqarish asoslarini tushunadigan;
• Dasturlash va dasturiy ta’minotlar haqida boshlang‘ich, ammo mantiqli tushunchaga ega;
• Axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonlari qanday ishlashini biladigan;
• Hujjatlashtirishni “keyin qilinadi” emas, jarayonning bir qismi deb biladigan;
• Tizimlarni tahlil qilish va samaradorligini oshirishga qiziqadigan;
• Loyiha boshqaruvi bo‘yicha sertifikatlar — katta plus;
• Bank bo‘linmalari bilan muloqot qila oladigan, vazifalarni taqsimlab, muddatlarni nazorat qila oladigan.
Siz nima bilan shug‘ullanasiz:
• Bank bo‘linmalarining maqsadlarini inobatga olgan holda loyiha talablarini yig‘ish va tahlil qilish;
• Buyurtmachi mas’ul xodimlar bilan ishlash, ularning real ehtiyojlarini tushunish;
• Axborot tizimi uchun aniq, tushunarli va ishlaydigan texnik topshiriqlar tayyorlash;
• Tashqi axborot resurslari bilan integratsiya bo‘yicha tashkiliy jarayonlarda ishtirok etish;
• Loyihani ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha real grafiklar tuzish va ularni nazorat qilish;
• Jarayonda yuzaga keladigan noaniqlik va kamchiliklarni bartaraf etish;
• Tizim joriy etilishida taqdimotlar va hisobotlarni tayyorlash.
Biz sizga nimani taklif qilamiz:
• Zamonaviy va qulay ish muhiti;
• Korporativ o‘quv kurslari va uzluksiz kasbiy rivojlanish;
• HR va bank transformatsiyasida real ishtirok tajribasi;
• Tashabbuslar qadrlanadigan va fikrlar eshitiladigan jamoa;
• Sport marafonlari va to‘garaklarga maxsus chegirmalar;
• Ijtimoiy loyihalar va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlar
MAXSUS INNOVATSIYA VA TA'MINOT
Ташкент
до 2000 USD
Ташкент
до 15000000 UZS
Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике
Ташкент
до 15000000 UZS
LEADING BUSINESS SOFTWARE
Ташкент
до 20000000 UZS
Ташкент
до 4500000 UZS