Ташкент, Шайхантахурский район, улица Курилиш, 9
UX/UI Dizayner (Middle/Senior)
Bizning yosh va shiddat bilan rivojlanayotgan startup jamoamizga foydalanuvchilar hayotini yengillashtiruvchi raqamli mahsulotlarni yaratishda ishtirok etadigan, kreativ va o'z ishining ustasi bo'lgan UX/UI dizayner kerak.
Sizdan nimalar kutamiz?
Tajriba: Kamida 1-2 yil davomida real loyihalarda (veb va mobil ilovalar) UX/UI dizayner sifatida ishlaganlik.
Asboblar: Figma (bizning asosiy qurolimiz), Adobe Suite (Photoshop, Illustrator) bilan professional darajada ishlash.
UX tadqiqotlar: User flow, wireframes, prototiplash va foydalanuvchi yo'llarini tahlil qilish qobiliyati.
Dizayn tizimi: Design System (komponentlar kutubxonasi) bilan ishlash va uni rivojlantirish tajribasi.
Portfoliyo: Behanсe, Dribbble yoki shaxsiy saytda joylashgan kuchli portfoliyo (havolasiz arizalar ko'rib chiqilmaydi).
Shaxsiy sifatlar: Kreativ fikrlash, startup muhitiga moslashuvchanlik va jamoa bilan ishlash qobiliyati.
Vazifalaringiz:
Mahsulotning murakkab funksionalini oddiy va tushunarli interfeysga aylantirish.
Web va Mobile (iOS/Android) platformalari uchun dizaynlar yaratish.
Dasturchilar bilan yelkama-yelka turib, dizaynning sifatli tatbiq etilishini nazorat qilish.
Mavjud interfeyslarni foydalanuvchi fikrlari (feedback) asosida takomillashtirib borish.
Biz nima taklif qilamiz?
Startup madaniyati: Byurokratiyasiz, g'oyalaringiz eshitiladigan va qo'llab-quvvatlanadigan muhit.
Karyera: Loyiha bilan birga o'sish va kelajakda dizayn jamoasiga rahbarlik qilish imkoniyati.
Ish grafigi: 5/2 (dushanba-juma), 09:00 dan 18:00 gacha.
Ofis: Toshkent shahrining markazida joylashgan qulay ofis (offline).
Maosh: Tajribangiz va suhbat natijalariga ko'ra raqobatbardosh maosh.
Qanday murojaat qilish kerak?
Telegram orqali resyumeyingizni yuborsangiz.
FIND WORK NEW SERVICE
Ташкент
до 700 USD
ROMANOV MEHANICA GROUP XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI
Ташкент
до 1000 USD
Технологический парк программных продуктов и информационных технологий
Ташкент
от 7000000 UZS