Uskuna o‘rnatish bo‘yicha muhandis sifatida siz mijoz joyida uskuna va stanoklarni o‘rnatish, sozlash va ishga tushirish bilan shug‘ullanasiz. Ish tugagach, uskuna to‘g‘ri ishlayotganini tekshirasiz hamda mijozga foydalanish bo‘yicha qisqa tushuntirish berasiz. Har bir ish bo‘yicha foto yoki video hisobot va akt topshirish talab etiladi.
Talablar - Texnik yo‘nalishda o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot
- Elektr bo‘yicha bazaviy bilimlarga ega bo‘lish (kuchlanish, kontaktlar, xavfsizlik qoidalari)
- Elektr asboblar bilan ishlay olish
- Javobgarlikni his qiladigan, intizomli va o‘rganishga tayyor bo‘lish
- Rus va o‘zbek tillarini tushunish
- Xizmat safarlariga tayyor bo‘lish
Ish sharoiti - Ish vaqti: 09:00–18:00, yakshanba — dam olish kuni
- Ish joyida asboblar, transport va forma bilan ta’minlanadi
- Dastlabki 1 oy — o‘quv davri (tajribali muhandis bilan birga)
Maosh va KPI - O‘rtacha oylik daromad: 300 – 1200 USD (ish hajmi va sifatiga qarab)
- Ish sifati va mijozlar qoniqishiga ko‘ra bonus va oshirilgan to‘lovlar belgilanadi
- Barcha ishlar o‘z vaqtida, sifatli va akt bilan topshirilishi kerak
- Mijozlardan ijobiy fikr olish muhandis bahosiga ta’sir qiladi