Ташкент, проспект Бунёдкор, 239
Kompaniya haqida:
“Asia Techno Group” – qurilish, sanoat va qishloq xo‘jaligi texnikalari savdosi hamda servisi bo‘yicha faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalardan biri.
Lavozim:
Agrotexnika bo‘yicha sotuv va servis mutaxassisi
Asosiy vazifalar:
Qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik va chorvachilikka mo‘ljallangan uskunalarni mijozlarga tanishtirish, texnik imkoniyatlarini tushuntirish;
Uskunalar bo‘yicha texnik maslahat berish, mijoz ehtiyojiga mos texnika tavsiya etish;
Uskunalarni o‘rnatish, sozlash va ishga tushirish jarayonlarida ishtirok etish;
Sotuvdan keyingi servis va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish;
Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
Sotuv va servis jarayonlari bo‘yicha hisobotlar yuritish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Texnik yoki muhandislik yo‘nalishida o‘rta-maxsus yoki oliy ma’lumot;
Agrotexnika (dehqonchilik, chorvachilik va bog‘dorchilik) uskunalari bilan ishlash tajribasi (kamida 1–2 yil afzal);
Uskunalarni o‘rnatish, mexanik tuzilishi va ishlash prinsiplari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
Muloqot qilish va mijoz bilan ishlash ko‘nikmasi;
Haydovchilik guvohnomasi (B yoki BC toifasi) mavjudligi afzal;
Texnik hujjatlar bilan ishlay olish va servis bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati.
Afzalliklar:
Xitoy, Turkiya, Rossiya va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan agrotexnika uskunalari bilan ishlash tajribasi;
Sotuv va servisni birlashtirgan faoliyat tajribasi;
Rus tilini bilish (kamida texnik terminologiya darajasida);
Texnik jamoada ishlay olish, mamlakat bo‘ylab xizmat safarlariga tayyorlik.
Ish sharoitlari:
Ish joyi: Toshkent shahri, Chilonzor tumani ("Ippodrom", "Erkin" post)
Ish vaqti: 6/1, soat 09:00–18:00, dam olish kuni - Yakshanba;
Kompaniya tomonidan bepul tushlik;
Barqaror oylik maosh + sotuv natijalariga ko‘ra bonus tizimi;
Xizmat mashinasi va zarur texnik jihozlar bilan ta’minlanadi;
Yigitaliyev Feruz Ra'ufjon o'g'li
Ташкент
до 15000000 UZS
ARIF GROUP UNITED
Ташкент
до 10000000 UZS
Риэлторская организация ООО <
Ташкент
до 65000000 UZS
Ташкент
до 8000000 UZS
Риэлторская организация ООО <
Ташкент
до 62000000 UZS
GLOBAL MEDICAL CENTER
Ташкент
до 10000000 UZS