Зангиатинский район, М39
Avtoshina savdosi bo‘yicha sotuvchi (Retail)
Avtomobil shinalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyamiz jamoasiga faol va mas’uliyatli sotuvchi qidirilmoqda.
Vazifalar:
Avtoshina mahsulotlarini mijozlarga professional tarzda taqdim etish
Mijozlarga mahsulot tanlashda maslahat berish
Savdo jarayonini to‘liq olib borish
Savdo zalida tartib va mahsulot joylashuvini nazorat qilish
Mijozlar bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish
Talablar:
Savdo sohasida ish tajribasi bo‘lishi
Mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalari
Faollik, mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik
Avtoehtiyot qismlar savdosi bo‘yicha tajriba bo‘lsa — katta ustunlik
Taklif qilamiz:
Barqaror ish joyi
Oylik maosh + savdodan bonuslar
Do‘stona jamoa
Savdo ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati
Agar siz savdoni yaxshi ko‘rsangiz va avtomobil sohasiga qiziqsangiz — jamoamizga qo‘shiling!