Ташкент, Юнусабадский район
Xalqaro Logistika kompaniyasi jamoasiga kuchli Call markaz operatori izlaymiz.
Bu oddiy ish emas.
Bu – muloqot orqali natija qiladiganlar uchun imkoniyat.
Agar siz:
– O‘sishni xohlasangiz
– Karyera qurishni istasangiz
– Savdo va muzokarada o‘zingizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz
unda bu taklif siz uchun.
Vazifalar:
Kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni professional tarzda qabul qilish
Target reklama orqali qiziqish bildirgan mijozlarga chiqish
Potensial mijozlarni aniq savollar orqali saralash
Tayyor va qiziqqan mijozlarni savdo bo‘limiga topshirish
Sizning vazifangiz — “shunchaki qo‘ng‘iroq qilish” emas.
Siz kompaniya imiji va birinchi taassurot uchun javobgarsiz.
Talablar:
O‘zbek va rus tillarida erkin va ravon gapira olish
Ishontirish va tinglash qobiliyati
Intizom va mas’uliyat
Ofis tartib-qoidalariga rioya qilish
Sharoitlar:
Ish vaqti: 9:00 – 18:00
5 kunlik ish haftasi
Barqaror ish o‘rni
O‘sish va savdo sohasida tajriba orttirish imkoniyati
Xalqaro logistika kompaniyasida real karyera bosqichi
Agar siz oddiy xodim emas, natija beradigan mutaxassis bo‘lishni istasangiz — murojaat qiling.