Ташкент, Чиланзарский район, 3-й проезд Навбахор, 24
Edu masterga tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishda yordam bera oladigan faol yosh yigitlarni hamkorlikka chorlaymiz!
Vazifalar:
Event-zonani tayyorlash: Zallarni (20 dan, 250+ kishilik) jihozlashda ko‘maklashish;
Mehmonlar bilan ishlash: Tadbir davomida mijoz (zakazchik bilan) ishlash, savollariga javob berish;
Tashkiliy nazorat: Tadbir davomida tartibni saqlash va kutilmagan kichik muammolarni tezkorlik bilan hal qilish;
Jamoaviy ruh: Tashkilotchilarning topshiriqlarini vaqtida va sifatli bajarish.
Talablar:
Aktiv va kirishuvchan: Odamlar bilan muloqot qilishdan charchamaydigan;
Mas’uliyatli: Berilgan topshiriqqa "uyqusirab" emas, chin dildan yondashadigan;
O‘rganishga tayyor: Biz hamma narsani ko‘rsatib, o‘rgatib boramiz;
Tajriba: Jamoa sizga o‘rgatadi!
Nima taklif qilayapmiz?:
Ish turi: Loyihaviy ish / Erkin grafik;
Maosh: Har bir ish kuni uchun 150 000 so‘mgacha;
Moslashuvchan grafik: Faqat tadbirlar bor kuni ishga chiqasiz, ish kunlar grafigi 1 hafta oldindan aniq bo’ladi va ogohlantiriladi;
Tezkor to‘lov: Har bir tadbir yakunida 150 000 so‘mgacha haq to‘lanadi;
Networking: Shaharning eng nufuzli tadbirlarida ishtirok etib, yangi tanishlar orttirasiz;
Tajriba: EDU master bilan event-menejmentni ipidan-ignasigacha o‘rganasiz!
Tayyormisiz? Unda hoziroq "Otklik" tugmasini bosing!
Biz Sizni jamoamizning bir qismiga aylantiramiz!