Ташкент, улица Афросиаб, 2
Qadam Education — zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarni o‘rgatuvchi ta’lim platformasi. Biz o‘quvchilarimiz bilan birgalikda aniq va o‘lchab bo‘ladigan natijalarga erishishni maqsad qilganmiz. Kurslar o‘zbek tilida olib boriladi
Kompaniyamiz faol kengayib borayotgani sababli, jamoamizga energiyali va maqsad sari qat’iy intiladigan sotuv menejerlarini taklif etamiz.
Sizning asosiy vazifalaringiz:
Sotuv jarayonlarini samarali olib borish va doimiy natija ko‘rsatish
Mijozlar bilan muzokaralar o‘tkazish hamda shartnomalarni muvaffaqiyatli yopish
Har bir aloqani foydali hamkorlikka aylantirish
Shaxsiy ko‘rsatkichlaringizni muntazam oshirib borish
Biz qanday nomzodlarni qidiramiz:
Faol, ochiq muloqot qila oladigan va natijaga yo‘naltirilgan insonlarni
O‘z fikrini aniq va ishonchli ifodalay oladiganlarni
Tashabbus ko‘rsatadigan va yuqori maqsadlarni ko‘zlaydiganlarni
Ish tajribasi bo‘lishi shart emas — kerakli bilim va ko‘nikmalarni o‘zimiz beramiz
O‘zbek tilini erkin va ravon bilish majburiy
Siz uchun imkoniyatlar:
Raqobatbardosh daromad: oylik fiks maosh + har bir yopilgan bitimdan bonus
(Oylik daromad: 2 500 000 fiksa, +KPI, +Bonus – 15 000 000 so‘m)
Ish vaqti: ofisda, to‘liq stavka, 6/1
10:00–19:00
yoki 14:00–22:00
O‘sish va rivojlanish uchun qulay muhit, qo‘llab-quvvatlovchi professional jamoa
YATT TURSUNBOYEV ORIFJON TURG‘UN O‘G‘LI
Ташкент
до 10000000 UZS