Зангиатинский район, 4-й проезд Сохибкор, 1
Sotuvchi-maslahatchi (mebel_mono do‘koni)
• Ish joyi: Ibn Sino, Palma qatori
• Ish vaqti: 10:00–19:00
• Ish kunlari: Dushanba–Shanba
• Bandlik turi: To‘liq stavka
Kompaniya haqida
Mebel savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyamiz jamoasini kengaytirish maqsadida sotuvchi-maslahatchi lavozimiga faol va mas’uliyatli xodimlarni ishga taklif etadi.
Lavozim majburiyatlari:
• Do‘konga tashrif buyurgan mijozlarni kutib olish va maslahat berish
• Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va mos mahsulotlarni tavsiya qilish
• Mahsulotlar (mebel) haqida to‘liq va aniq ma’lumot berish
• Savdoni yakunlash va hujjatlarni rasmiylashtirish
• Savdo zalidagi tartib va mahsulot joylashuvini nazorat qilish
• Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Savdo sohasida ish tajribasi (afzallik beriladi)
• Ravon nutq va yuqori muomala madaniyati
• Tashqi ko‘rinishga e’tiborli bo‘lish
• Mas’uliyatlilik va jamoa bilan ishlash qobiliyati
• Stressga chidamlilik va natijaga yo‘naltirilganlik
Ish sharoitlari:
• Oylik maosh: 2 000 000 so‘m (fiks) + KPI
• Rasmiy va barqaror ish muhiti
• O‘sish va rivojlanish imkoniyati
• Tushlik bilan ta’minlanadi
СП ООО ELERON-KA
Ташкент
от 5000000 UZS