Ташкент, улица Махтумкули, 112
Agar mijoz “oʻz xohishi” bilan harid qiladigan darajada sotishni bilsangiz - jamoaga xush kelibsiz. Qogʻozdan oʻqib, skript boʻyicha ishlaydigan “kol markaz” xodimlari biz uchun emas. Bizga natijaga ishlaydigan, sotuvdan zavq oladigan, davomat emas, daromad uchun yonadigan super sotuvchilar kerak.
Fiks + bonuslar
Kuchli menejerning oʻrtacha daromadi oyiga 15 000 000 soʻm
Chegara yoʻq - hammasi sizning konversiyangiz va mijozni toʻlovga olib borish tezligingizga bogʻliq
6 oylik muddatli toʻlov bor, lekin biz toʻliq summani bittada yopadigan sotuvchilarni qadrlaymiz (ragʻbatlantirish ham shunga yarasha)
Bizga - kursni oʻtkazish emas, uning asl qiymatini koʻrsatish orqali sotuv qiladigan odamlar kerak.
Oʻzbek tilidagi eng zoʻr AyTi kurslarini. Mijozlarimiz - “nimadir qilib koʻrgan”, mavzudan xabardor, lekin tizimli bilimi, yoʻl xaritasi va oʻziga ishonchi yoʻq insonlar. Sizning vazifangiz pazlni yigʻib berish: maqsad → daraja →yoʻnalish→yechim→toʻlov.
Kiruvchi qoʻngʻiroqlarga javob berish
Muzokaralarni olib borish: ogʻriqni aniqlash→kursni qiymatini ochib berish→ehtiyojni yopish
Jarayonni emas natijani koʻrsatish: kursdan soʻng bitiruvchi nima qila oladi, uning koʻnikmalari/ishi/daromadi/hayoti qanday oʻzgaradi
Bosim qilmasdan sotish: qayta bogʻlanish, qaror qabul qilishga olib kelish, aloqani ushlab turish
CRMni intizom bilan yuritish: bosqichlar, rad etish sabablari, keyingi qadamlar.
Majburiy talablar:
Telefon orqali sotish tajribasi
Ishonch bilan muzokara olib borish: diagnostika, qiymat, yopish
Kuchli ustunlik:
“Qimmat” degan eʼtirozga taslim boʻlmasdan, narxni ushlab turish
Mijoz bo‘lib to‘lashni so‘rasa ham, to‘liq (bir martalik) to‘lovga olib kelish
Sifatni tushurmagan holda, bir vaqtda bir nechta mijoz bilan ishlash
Chiroyli muloqot va savodxonlik; rus tilini bilish katta ustunlik boʻladi
Mahsulotni tez oʻrganib, sodda soʻzlar bilan tushuntira olish
Tizimli yondoshuv: voronka, aloqalar oʻrnatish tezligi, vazifalar nazorati
Tajovuz emas qat’iyat: bosim oʻtkazmay - yechim tomon yetaklash.
Stressga chidamlilik: “o‘ylab ko‘raman” degan gapga sinmasdan, ishni oxirigacha yetkazishingiz.
Jamoadoshlik: metodistlar/kuratorlar bilan ishlash.
Ekspertlar jamoasi va netvorking
Sinov muddatidan soʻng istalgan kursda oʻqish
Sotuv menejerlari uchun treninglar va kurslar
Karyera oʻsishi va rahbariyat bilan yaqindan ishlash. Natija koʻrsatganlarni darhol payqaymiz.
Bonuslar, shu jumladan motivasion dasturlar doirasida sayohatlar.
Barcha sharoitlarga ega, shinam, ofis.
Reja va bosimlarsiz, tinch ishlashni xohlaydiganlar
Kasbini sevmaydigan, natija uchun javob bermaydiganlar
Qoʻngʻiroq orqali necha yil nima sotgansiz
Sizning eng yaxshi natijangiz (konversiya/plan/daromad)
“Men sotuvga olib boradigan menejerman chunki…” deb boshlangan jumlaning yakuni
Yuqoridagi koʻrinishda yuborilmagan xabarlar javobsiz qoladi. Iltimos, aynan biz soʻragan ketma-ketlikda yozing.