Ташкент, Юнусабадская линия, метро Туркестан
SALES DOCTOR - O'zbekistondagi yetakchi IT-kompaniyalardan biri. Biz zamonaviy dasturiy ta'minot yaratamiz va mijozlarimizga yuqori sifatli IT-xizmatlarni taqdim etamiz. IT kompaniyasida o'sib, rivojlanishni xohlaysizmi? Unda bizga qo'shiling!
Biz sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etamiz:
Qiziqarli va mas'uliyatli ish: Mijozlarga o'z bilim va tajribangiz bilan yordam berib, ularning muammolarini hal qilasiz va kompaniyamizning ishonchli ekspertiga aylanasiz. (Biz sizga kerakli bilimlarni beramiz, siz esa ularni mijozlar bilan ishlashda qo'llaysiz va kompaniyamizning muvaffaqiyatiga hissa qo'shasiz).
Doimiy rivojlanish: Siz IT sohasidagi yangi texnologiyalar bilan tanishasiz va professional jihatdan o'sasiz.
Qulay ish sharoitlari: Sizni zamonaviy ofis, do'stona jamoa va a'lo ish sharoitlari kutmoqda.
Vazifalaringiz:
Mijozlarga telefon, elektron pochta va chat orqali yuqori sifatli yordam ko'rsatish.
Kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlarni qabul qilish va amalga oshirish.
Mijozlarning muammolarini hal qilish, ularga kompaniya mahsulotlari va xizmatlari haqida ma'lumot berish.
Mijozlar bilan muloqot qilish jarayonida yuzaga keladigan turli xil savollarga javob berish, shu jumladan, dasturiy ta'minotning funksional imkoniyatlari bo'yicha.
Talablar:
O'zbek tilini mukammal bilish, ravon va chiroyli nutq.
Rus tili va ingliz tilini bilish qo'shimcha ustunlik hisoblanadi.
Kompyuter savodxonligi, Microsoft Office dasturlarini bilish.
Distribyutsiya sohasini tushunish.
1C, Sales doctor, Smartup, Ritm, One buy yoki shunga o'xshash dasturlar bilan ishlash tajribasi.
O'rganishga ishtiyoq, muloqot qobiliyati, stressga chidamlilik va xushmuomalalik.
Ish sharoitlari:
Rasmiy ishga qabul qilish (O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq).
Ish grafigi: 5/2 (har ikkinchi shanba ish kuni, qo'shimcha haq to'lanadi).
Turkiston metro bekati yonida joylashgan zamonaviy ofis.
Bepul tushlik.
Do'stona jamoa va qulay ish muhiti.
Professional o'sish va rivojlanish uchun imkoniyatlar.
ABDUMALIKOV ISLOMJON BAXTIYOR O‘G‘LI
Ташкент
до 6000000 UZS
YATT MUHAMMADIYEV MUHAMMADSODIQ MO‘MIN O‘G‘LI
Ташкент
до 8000000 UZS