Ташкент, Янгихаётский район, Ташкент Индекс
ASKO kompaniyasiga Filial ochilishlari bo‘yicha mutaxassis (Location & Opening Specialist) kerak
ASKO kompaniyasi — avtomobil ehtiyot qismlari bozorida (avtoshina, disk, akkumulyatorlar) faoliyat yuritayotgan O‘zbekistondagi yirik chakana savdo tarmog‘i.
Bugungi kunda kompaniyaning 55+ ta savdo filiali respublika bo‘ylab muvaffaqiyatli ishlamoqda va tarmoq faol kengayib bormoqda.
📍 Ofis manzili: Toshkent shahri, Yangi Hayot tumani, INDEX savdo kompleksi, F-3 blok
🚇 Metro bekati: Turon
Filial ochilishlari bo‘yicha mutaxassis kompaniyamizda yangi do‘kon/filial ochilishidan oldin eng muhim bosqichlar — mos lokatsiya topish, ijara bo‘yicha kelishuvlar, shartnoma tuzish, ruxsatnomalar va kommunal masalalarni (elektr, suv va boshqalar) rasmiylashtirish hamda ochilishgacha bo‘lgan barcha tashkiliy jarayonlarni boshqarish uchun mas’ul bo‘ladi.
Ushbu lavozim “ochilish” jarayonidagi eng muhim roldan biri bo‘lib, filialning o‘z vaqtida va muammosiz ishga tushishiga bevosita javob beradi.
Yangi filial ochish uchun qulay lokatsiyalarni izlash (hudud, oqim, raqobat, qulay kirish-chiqish, parking, ko‘rinuvchanlik va boshqa mezonlar bo‘yicha)
Lokatsiyalarni dastlabki tahlil qilish, foto/video va qisqa xulosalar tayyorlash
Ijara beruvchilar bilan muzokaralar olib borish, tijoriy shartlarni kelishish
Ijara bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va shartnoma tuzish jarayonini yuritish (kompaniya ichki bo‘limlari bilan hamkorlikda)
Filial ochilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar:
elektr ta’minoti bo‘yicha ulanish/reshenie/texnik shartlar
suv ta’minoti va boshqa kommunal xizmatlar bo‘yicha rasmiylashtirish
zaruratga ko‘ra mahalliy hokimiyat va tegishli tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish
Savdo nuqtasi tayyorlanishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish:
ta’mirlash va tayyorlash jarayonlarini nazorat qilish
jihozlar, ko‘rgazmalar, tashqi belgilar (viveska) va boshqa kerakli ishlarda muvofiqlashtirish
Ochildan oldin “tayyorlik darajasi”ni tekshirish, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish
Ochilish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni joyida hal qilish
Har bir obyekt bo‘yicha qisqa hisobot: lokatsiya, kelishuvlar, bajarilgan ishlar, muammolar va yechimlar
Bir vaqtning o‘zida bir nechta obyekt/filial ochilish jarayonlarida ishtirok etish (zaruratga qarab)
Xizmat safari davomida belgilangan ish rejasiga muvofiq ishlash va natija taqdim etish
Retail yoki servis sohasida (savdo / operatsiya / xo‘jalik ishlari) tajriba bo‘lishi maqsadga muvofiq
Lokatsiya tanlash, ijara shartlari, hujjatlar va kelishuvlar bilan ishlashga qiziqish va tushuncha
Mas’uliyatli, tartibli, topshiriqlarni oxirigacha yetkazadigan bo‘lish
Muzokara olib borish, kelishuvga kelish va muammolarni joyida hal qila olish
Tezkorlik, stressga chidamlilik, bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani boshqara olish
Xizmat safariga tayyorlik (hududlarga chiqib ishlash)
10 kun va undan ortiq muddat hududlarda qolib ishlash imkoniyati
Talabchanlik va madaniyatli muloqot (qat’iy, lekin to‘g‘ri)
Telefon va ofis dasturlari bilan ishlash (Word/Excel) — minimal darajada bo‘lsa ham
Ish formati: xizmat safari asosida
Filiallarda 10 kunlik joyida ishlash amaliyoti (obyekt tayyorlash va ochilish jarayoniga qarab uzayishi mumkin)
Xizmat safari davomida:
xizmat uylarida yashash
3 mahal ovqat bilan ta’minlash
yo‘l xarajatlari kompaniya hisobidan to‘liq qoplanadi
To‘liq ish kuni
Oylik oklad: 6 000 000 so‘m
KPI va bonuslar bilan 9 000 000 so‘mgacha daromad
Muvaffaqiyatli ochilishlar soni va sifati bo‘yicha qo‘shimcha rag‘batlantirish
Topilgan lokatsiyalar soni va sifati (mezonga mosligi)
Shartnoma va rasmiylashtirish ishlarining muddatida bajarilishi
Filial ochilishining kechikmasligi va muammosiz ishga tushishi
Ochildan oldingi tayyorlik darajasi va kamchiliklar sonining kamayishi
📍 Ish joyi: Toshkent (ofis) + Respublika bo‘ylab xizmat safarlari
📩 Ariza berish: rezume yuboring (tajribangiz va qaysi hududlarda ishlay olishingizni qisqacha yozib qo‘ying)
Ташкент
до 9000000 UZS
Ташкент
до 12000000 UZS
Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике
Ташкент
до 10000000 UZS
Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике
Ташкент
до 10000000 UZS
ARIF GROUP UNITED
Ташкент
до 10000000 UZS
Ташкент
до 10000000 UZS
Свидлова Ирина Сергеевна
Ташкент
до 13700000 UZS
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 18000000 UZS