Ташкент, Шайхантахурский район, улица Курилиш, 9
QA Muhandisi (Mobile & Web) Izlaymiz
Bizning yosh va shiddat bilan rivojlanayotgan startap jamoamizga yangi QA Muhandisi (Quality Assurance Engineer) kerak! Agar siz mobil ilovalar va veb-saytlarni sinovdan o'tkazishda tajribaga ega bo'lsangiz, hamda Scrum metodologiyasi asosida ishlashga qiziqsangiz, biz sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Vazifalar:
Mobil ilovalar (iOS/Android) va veb-saytlarni sifatini ta'minlash maqsadida to'liq test jarayonini amalga oshirish.
Yangi funksiyalarni, regressiyani, foydalanuvchi interfeysini (UI/UX) va tizim integratsiyalarini sinovdan o'tkazish.
Scrum metodologiyasi doirasida ishlash, sprint yig'ilishlarida faol ishtirok etish va test topshiriqlarini rejalashtirish.
Aniqlangan xatolar (buglar) bo'yicha to'liq tavsiflangan ticketlar (jirada) tayyorlash va ularni kuzatib borish.
Dasturchilar, mahsulot menejerlari va boshqa steykholderlar bilan yaqin hamkorlikda ishlash, sifat talablari aniqligini ta'minlash.
Test ssenariylari, test holatlari (test cases) va test rejalari (test plans)ni ishlab chiqish va hujjatlashtirish.
Talablar:
QA sohasida kamida 1-2 yil ish tajribasi.
Mobil (iOS/Android) va veb-testlash amaliyotlarini mukammal bilish.
Scrum/Agile metodologiyalari bilan ishlash tajribasi.
JIRA yoki boshqa ticket/xato boshqaruv tizimlari bilan ishlash qobiliyati.
Analitik fikrlash va muammolarni topish hamda ularni batafsil tushuntirish qobiliyati.
O'zbek va rus tillarida erkin muloqot qilish, ingliz tili ustunlik beradi.
Biz Taklif Qilamiz:
Yosh, do'stona va professional jamoada ishlash imkoniyati.
Shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun sharoitlar.
Raqobatbardosh ish haqi.
Zamon talablariga javob beradigan ofis va ish sharoitlari.
Qiziqdingizmi?
O'z rezyumeyingizni (CV) tg orqali bizga yuboring/
CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION
Ташкент
до 10000000 UZS
АКБ Тенге Банк
Ташкент
до 10000000 UZS
Ташкент
до 10000000 UZS