Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, махаллинский сход граждан Катта Ялангач Ата
📢 Rahimov School — katta sinflar uchun kurator vakansiyasi ochiq!
Ish grafigi: 08:15 – 17:15 (5/2)
Nomzoddan talablar:
— Oliy ma’lumot;
— Katta yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi;
— O‘zbek va rus tillarida erkin, savodli og‘zaki va yozma nutq;
— Mas’uliyatli, punktual, o‘quvchilar bilan tez til topisha oladigan;
— O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya jarayonida yordam berishga tayyorlik.
Vazifalar:
— O‘quvchilarning davomatini nazorat qilish va intizomni kuzatib borish;
— Ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlash, topshiriqlarni bajarishda yordam berish;
— Sinf va maktab tadbirlarini tashkil etish hamda kuzatib borish;
— Ustozlar, psixolog va ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilish;
— Sinfda do‘stona, qulay va tartibli muhit yaratish.
Biz taklif qilamiz:
— Farzandingiz uchun Rahimov School’da 50% gacha chegirma;
— Maktab hududida 3 mahal ovqatlanish (50% maktab hisobidan);
— Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan maosh;
— Har ikki oyda treninglar, seminarlar va timbildinglar;
— Zamonaviy, qulay ish sharoiti;
— Yillik haq to‘lanadigan mehnat ta’tili;
— Aziz Rahimov jamoasida kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari.
Ташкент
от 8000000 UZS