Ташкент, Юнусабадский район, массив Минор, 89А
Lavozim: Showroom sotuv bo‘limi xodimi (konsultant)
Kompaniya: Baxt Siri / Effsari
Joylashuv: Toshkent shahri
Ish turi: To‘liq stavkada (oflayn, showroomda)
💎 Kompaniya haqida
Baxt Siri / Effsari — xalqaro kosmetika va sog‘lom turmush brendi.
Brend asoschisi — xitoylik Effsari xonim. Bizning kompaniyamizning o‘z showroomlari Toshkentda, shuningdek Yivu (Xitoy) shahrida shaxsiy zavodimiz va “Yivu Futyan Market”da do‘konimiz mavjud.
Asosiy mahsulotlarimiz:
Tabiiy ozdiruvchi kosmetika vositalari
Ayollar gigiyenik gellari
Parvarish va go‘zallik mahsulotlari
🎯 Vazifalar:
Showroomga tashrif buyurgan mijozlarni kutib olish va mahsulot haqida batafsil ma’lumot berish
Mahsulotni professional tarzda taqdim etish va sotishni amalga oshirish
Issiq mijozlarga qo‘ng‘iroq qilib, kompaniya, mahsulotlar va biznes imkoniyatlari haqida ma’lumot berish
Mijozlar bilan ijobiy aloqa o‘rnatish va ularning sadoqatini oshirish
Sotuv natijalarini kunlik hisobga olish va rahbariyatga hisobot topshirish
👩💼 Talablar:
Jinsi: faqat ayollar
Yosh: 18 yoshdan 40 yoshgacha
Hudud: Toshkent shahri
Ma’lumot: o‘rta yoki oliy (tibbiyot sohasi bo‘lsa — ustunlik beriladi)
Ko‘nikmalar:
Faol va ijobiy kommunikatsiya
Telefon orqali mijozlar bilan ishlash tajribasi (afzal)
Sotuv yoki konsultatsiya sohasida tajriba
Ishda mas’uliyatli, jamoada ishlashni biladigan
💰 Ish sharoitlari:
Maosh: suhbat asosida (asosiy + bonus + foizli tizim)
Ish joyi: Toshkentdagi Effsari showroomlari
Qulay va zamonaviy ish muhiti
Xalqaro brendda o‘sish va rivojlanish imkoniyati
Faol xodimlar uchun rahbarlik lavozimlariga o‘sish yo‘li ochiq