 
                                							Кутаиси, проспект Шота Руставели, 120
Majburiyatlar:
Mijoz bizneslarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini chuqur tahlil qilish;
Har bir kompaniyaning daromad, xarajat, foyda va pul oqimlarini audit qilish;
Moliyaviy kamchiliklar va xatolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
Soliq, balans, P&L, Cash Flow va boshqa hisobotlarning to‘g‘riligini tekshirish;
Mijoz biznes egalari uchun aniq va tushunarli audit xulosalari tayyorlash;
Audit jarayonini FinOne standartlari bo‘yicha olib borish va jamoa bilan hamkorlikda ishlash.
Talablar:
Moliya, buxgalteriya yoki audit yo‘nalishida oliy ma’lumot;
Kamida 2 yillik tajriba (auditor, buxgalter yoki moliyaviy analitik sifatida);
Excel va buxgalteriya dasturlarini (1C, Google Sheets, Power BI) yaxshi bilish;
Soliq va buxgalteriya qonunchiligini chuqur bilish;
Tahliliy fikrlash, aniqlik va mas’uliyat hissi yuqori bo‘lishi;
Mijoz bilan professional muloqot olib borish va moliyaviy natijani tushuntira olish qobiliyati.
Shartlar:
Ish formati: ofis yoki gibrid (Toshkent shahri);
Ish haqi: loyihalar asosida yoki oylik asosda (suhbat orqali belgilanadi);
Professional jamoa va doimiy o‘sish imkoniyati;
Real bizneslar bilan ishlash va turli sohalarda tajriba orttirish;
Audit natijalari bo‘yicha bonus tizimi mavjud.