Vazifalari:
Bankdagi IT va biznes loyihalarini boshqarishda Project Managerga ko‘maklashish;
Loyiha hujjatlarini (TЗ - O'z DSt 1987:2018, roadmap, backlog, risk-reja, status hisobotlar) tayyorlash va yuritishda ishtirok etish;
Loyiha jarayonlari, deadline va progressni kuzatish, tasklarni tizimda (Jira/ClickUp va boshqalar) yangilab borish;
Loyiha yig‘ilishlarida (meeting, sprint review, planning) qatnashish va protokollarni tayyorlash.
Dasturlash jamoasi ichida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish.
Talablar:
Ta’lim: Axborot texnologiyalari yo‘nalishida bakalavr yoki magistr darajasining oxirgi bosqichida o‘qiyotgan yoki yangi bitiruvchi;
Loyihalarni boshqarish bo‘yicha boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘lish (Project Management, Agile, Scrum, Kanban);
Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint), Notion, Mind Map, Draw io va task management tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi (afzal: Jira, ClickUp);
Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik va jamoada ishlash qobiliyati;
Ingliz, rus va o‘zbek tillarida fikrlarni yozma va og‘zaki shaklda aniq hamda ravon ifodalash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Mustaqil o‘rganishga qiziqish va proaktivlik.
Afzal ko’riladigan jihatlar:
IT yoki bank tizimidagi amaliy tajriba yoki stajirovka;
Java, React.js yoki Angular dasturlash tillaridan birini boshlang’ich darajada bilish, shuningdek, mantiqiy va matematik bilimlarga ega bo‘lishi