Ташкент
Diqqat! Arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi!
Salom!
Biz O‘zbekistondagi yetakchi turizm kompaniyalaridan birining asoschisiga biznes-assistent izlayapmiz.
Asosiy yo‘nalishimiz — Umra ziyorat turlari, bu yo‘nalishda biz 4 yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritamiz.
Kompaniyamizda ikki ofis mavjud: Madina (mijozlarga hizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruh) va Toshkent (sotuv va marketing bo‘limi).
Yaqin rejalarda — yo‘nalishlarni kengaytirish va yangi loyihalarni rivojlantirish.
Asosiy vazifalar:
Ikkala ofis rahbarlarining topshiriqlarini nazorat qilish
Marketing jamoasi bilan ishlash — hisobotlarni yig‘ish, jarayonlarni nazorat qilish, leadlar sifatini baholash
Kalendar yuritish va onlayn uchrashuvlarni tashkil etish
Xodimlarni yollash jarayonida HR va nomzodlar bilan muloqot qilish
Yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash — bozorni tahlil qilish, pudratchilar va yetkazib beruvchilarni topish
Talablar:
O‘zbek va ingliz tillarini B2–C1 darajada bilish
Arab tilini bilish katta ustunlik hisoblanadi
Marketing va savdo sohalarida asosiy bilimlarga ega bo‘lish
Ziyorat marosimlari haqida tushunchaga ega bo‘lish
Ish sharoitlari:
Ish formati: masofaviy
Ish jadvali: 5/2, soat 10:00 dan 20:00 gacha, doimo aloqada bo‘lish talab qilinadi
Kasbiy o‘sish va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyati
Maosh: sinov muddati (2 oy) davomida — 600$, sinov muddatidan so‘ng — 800$
Agar siz sayohat va ma’naviy safarlar mavzusiga qiziqsangiz hamda rivojlanayotgan xalqaro kompaniya jamoasining bir qismi bo‘lishni istasangiz —
“Ariza topshirish” tugmasini bosing va bizning jamoamizga qo‘shiling!
Arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi!