General English o‘qituvchisi

Skill Game Group

General English o‘qituvchisi

Описание вакансии

​​​

📝 Vakansiya tavsifi

Biz ingliz tilini o‘rgatishga qiziqadigan, mas’uliyatli va bilimli o‘qituvchini jamoamizga qidirmoqdamiz. Sizdan talab qilinadi — kechki vaqtlarda guruh va individual o‘quvchilarga General English darslarini onlayn tarzda o‘qitish.

Darslar Zoom yoki Google Meet orqali o‘tkaziladi. O‘quvchilarimiz asosan 20 yoshdan katta bo‘lgan shaxslar bo‘lib, Beginner dan Upper-Intermediate darajasigacha bo‘ladi.

🎯 Vazifalar:

General English bo‘yicha onlayn darslar o‘tish (grammatika, speaking, listening, reading, writing);

Guruh va individual o‘quvchilar bilan ishlash;

Har bir o‘quvchining darajasiga mos dars rejalari tuzish;

O‘quvchilarning rivojlanishini kuzatish va ularga feedback berish;

Interaktiv va tushunarli darslar tashkil etish.

✅ Talablar:

IELTS 7.0 yoki CEFR C1 darajaga teng ingliz tili bilimiga ega bo‘lish;

Kamida 6 oy o‘qituvchilik tajribasi (onlayn bo‘lishi afzal);

Darslarni jonli, tushunarli va samarali tarzda olib borish ko‘nikmasi;

Ishga mas’uliyat bilan yondashish, intizom va vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish;

Zoom yoki Google Meet platformalaridan foydalanish ko‘nikmasi.

💼 Biz taklif qilamiz:

Barqaror oylik daromad: 3 000 000 — 8 000 000 so‘m (dars soni va natijaga qarab);

Masofadan ishlash — uydan chiqmasdan ishlang;

Haftalik treninglar va metodik yordam;

Faol va natijador o‘qituvchilar uchun bonus va mukofotlar;

Do‘stona va professionallar jamoasi bilan ishlash imkoniyati.

📆 Ish grafigi:

Kechki smena: 19:00 dan 23:30 gacha

Haftada 6 kun

Навыки
  • Английский язык
  • Обучение и развитие
Посмотреть контакты работодателя

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию