Sifat nazorati bo‘limi menejeri

Skill Game Group

Sifat nazorati bo‘limi menejeri

Ташкент, Чиланзарский район, проспект Бунёдкор, 64/1

Описание вакансии

Agar siz:

  • O‘zbek tilida aniq va to‘g‘ri gapira olsangiz;

  • E’tiborli, mas’uliyatli va tahliliy fikrlovchi bo‘lsangiz;

  • Konfliktlarni yumshoq hal qila olsangiz;

  • Kompaniya standartlarini kuzatish va nazorat qilish sizga yoqsa;

  • Rivojlanish va rahbarlik yo‘lida o‘sishni istasangiz —

    Demak, bu vakansiya aynan siz uchun!⭐️

Ish nimadan iborat:

  • Har bir xodimning ishini kompaniya standartlariga binoan nazorat qilish;

  • Mijozlar bilan bo‘lgan norozilik, shikoyat va “vozvrat” holatlarini o‘rganish va hal qilish;

  • Mijozlar bilan telefon orqali mulohazalarni yig‘ish (feedback);

  • O‘qituvchilar, menejerlar va yordamchilar bilan sifat bo‘yicha haftalik uchrashuvlar o‘tkazish;

  • Ichki audit — CRM, qo‘ng‘iroqlar, yozishmalar va dars sifati bo‘yicha tahlillar yuritish;

  • Hisobotlar tayyorlash (kunlik/haftalik);

  • Sifatni oshirish bo‘yicha takliflar berish va joriy qilish.🔥

Biz taklif qilamiz:

  • Oylik maosh 4 500 000 – 12 000 000 so‘m;

  • Qulay va zamonaviy ofis (Toshkent markazida);

  • Barqaror o‘sish va malaka oshirish imkoniyati;

  • Haftalik treninglar, jamoaviy uchrashuvlar, team-buildinglar;

  • Do‘stona va samimiy jamoa;

  • Har oy mukofot va bonuslar — natijaga qarab.

💪

Biz sizga sharoit yaratamiz — sizdan esa sifat, intizom va natija kutamiz.

Agar siz har bir tafsilotga e’tibor beradigan, tahlilni yaxshi ko‘radigan va jamoa bilan ishlashdan zavq oladigan bo‘lsangiz — o‘zingizni sinab ko‘ring!

Навыки
  • Консультирование клиентов по телефону
  • Ориентация на клиента
  • Оценка потребностей клиентов
  • Проведение опросов клиентов
  • Оформление возврата продукции
  • Телефонные переговоры
  • Управление отношениями с клиентами
  • Контроль сотрудников
  • Деловое общение
  • Деловая переписка
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию