Cambridge Learning Center — bu:
• O‘zbekiston bozorida 11 yillik tajriba
• Mamlakat bo‘ylab qulay joylashgan 13 ta filial
• Student App asoschisi
• “Yil brendi 2019–2023” sovrindori
• “HR Brand 2022” mukofoti g‘olibi
• IELTS natijalari 9.0 gacha bo‘lgan mutaxassislar jamoasi
Cambridge Learning Center jamoasiga kamera ortida "hikoya yarata oladigan" iste’dodli videograf kerak!
Biz sizdan kutamiz:
- Brend uchun video kontentni suratga olish va montaj qilish;
- Har bir kadrlarda sifat va g‘oya uyg‘unligini ta’minlash;
- Turli formatlarda ishlash: rilslardan tortib reklama va o‘quv videolarigacha;
- YouTube, Instagram va boshqa platformalar uchun kontent tayyorlash;
Bizga tog'ri kelasiz agar: - Kamida 1 yillik videografiya tajribasiga egasiz;
- Adobe Premiere Pro / Final Cut / DaVinci Resolve dasturlarini bilasiz;
- Kadr, yorug‘lik, kompozitsiya va ovoz bo‘yicha tushunchangiz bor;
- Kamera, stabilizator, chiroqlar va boshqa uskunalar bilan ishlay olasiz;
- Video trendlar va zamonaviy formatlarni bilasiz;
- Mustaqil ishlash va ijodiy qarorlar qabul qilish qobiliyati bor.
Ish sharoitlari: - 6/1 ish grafigi, part-time (ba’zan dam olish kunlari suratga olish kompensatsiya bilan);
- Professional o‘sish va ingliz tili kurslarida o‘qish imkoniyatlari;
- Maosh esa tajribaga qarab suhbatda belgilanadi.