Kompaniya haqida
Duol — 2013-yildan boshlab dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va IT xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. O’tgan 12 yildan ortiq vaqt davomida biz savdo va ishlab chiqarish sohalaridagi eng yetakchi brendlarning murakkab biznes jarayonlari va ularning muammolarini hal etish orqali ishonchli texnologik hamkor sifatida shakllandik.
Bizning Duol kompaniyamiz bu mijozlarning mavjud muammolari hamda ularning talab va istaklarini inobatga olgan holda ularni eng zamonaviy IT yechimlar yordamida hal qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan, har doim rivojlanishga intiluvchan hamda fidoiy mutaxassislardan iborat jamoa.
Kompaniyamizning jadal suratlar bilan rivojlanayotganligi hamda hamkor mijozlarimiz uchun ilg‘or IT yechimlarni yaratish va mavjudlarni yangi imkoniyatlar bilan yanada kengaytirish bosqichida ekanimizni mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Shu bilan birga, iste’dodli mutaxassislarni o’z jamoamizga qo‘shilishga taklif etamiz.
Taklif etilayotgan lavozim doirasida siz asosan Savdo, Ishlab chiqarish va Moliya sohalariga tegishli asosiy raqamli servislarni yaratish, tizimning mavjud funksional imkoniyatlarini takomillashtirish va uning ishlash samaradorligini oshirish bilan shug‘ullanasiz. Yoziladigan dastur kodlarining sifati, tizimlarning o’zaro uzluksiz va barqaror ishlashni ta’minlash ushbu lavozimdagi xodimlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Platformalarning yangi servislar funksional imkoniyatlar ta’minlash maqsadida tizim arxitekturasini loyihalash va ishlab chiqish jarayonlarida ishtirok etish
ORM vositalari (Hibernate), ma’lumotlar bazalari (PostgreSQL) bilan samarali ishlash (SQL so‘rovlarni optimallashtirish, yaxlitlikni ta’minlash)
Mavjud tizimlardagi dastur kodlarini o‘rganish, uning sifatini yaxshilash, refaktor qilish hamda optimallashtirish
Frontend va Mobil ilovalar uchun REST API yaratish va boshqa tizimlar bilan o’zaro integratsiyalarni amalga oshirish
Mavjud tizimlar va servislarnining ishlashini takomillashtirish, texnologik jihatdan modernizatsiya qilish hamda texnik qo‘llab-quvvatlash
CI/CD jarayonlari bilan ishlash, tizimlarni konteynerlarga joylash hamda Deployment jarayonlarini amalga oshirish
Kamida 3 yillik Java-backend yo’nalishida ishlab chiqish tajribasiga ega bo’lish
Java 11+, JavaFX va Spring Framework ekotizimi bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo’lish
Xabarlar brokerlari (Kafka, RabbitMQ) bilan ishlash ko‘nikmalari
SQL va PostgreSQL bilan ishlash tajribasi, SQL so‘rovlarini optimallashtirish
Git bilan ishlash bo’yicha yuqori malakaga va ko‘nikmalarga ega bo’lish
RESTful API yaratish, HTTP protokollari, autentifikatsiya va avtorizatsiya (OAuth, JWT) bo‘yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo‘lish
JavaFX bilan ishlash ko’nikmalari
Docker va Kubernetes bilan ishlash ko‘nikmalari
Gitlab CI yoki boshqa CI/CD vositalaridan foydalanish tajribasi
Kafka yoki shunga o‘xshash xabarlar almashish platformalari bilan ishlash tajribasi
Savdo nuqtalari, omborlar boshqaruvi sohasidagi tizimlar yoki dilerlik tarmog‘i bilan ishlash tajribasi
Moslashuvchan ish jadvali — zarurat tug‘ilganda ish vaqtini kelishilgan tarzda belgilash imkoniyati
Kasbiy o‘sish va muntazam ta’lim olish imkoniyati: tajribali mentorlar rahbarligida rivojlanish
Erishilgan natijalar va yutuqlar asosida oshirilishi mumkin bo‘lgan barqaror maosh va bonuslar
Haqiqiy loyihalarda ishlash va jamoaviy dasturlash tajribasiga ega bo‘lish
Do‘stona muhit va bir-birini qo‘llab-quvvatlash qadriyatlariga ega bo’lgan dasturchilar jamoasi bilan ishlash
Ташкент
до 5500 USD
Ташкент
до 6000000 UZS