Ташкент, Чиланзарский район, проспект Бунёдкор, 3
Rezumesini jo'natgan kandidatlar ko'rib chiqiladi!
Asosiy vazifalar:
Mijozlarga professional xizmat ko‘rsatish, do‘stona muhit yaratish
Kokteyl, kofe va boshqa issiq-sovuq ichimliklarni retseptura va texnologiyaga muvofiq tayyorlash
Bar va kofe menyusini yaxshi bilish hamda mijozlarga tavsiya berish
Mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish orqali ularning qoniqishini ta’minlash
Bar/kofe hududida tozalik, gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
Mahsulotlarning hisob-kitobi, sarfini nazorat qilish va ombor bilan ishlash
Jihozlar (kofe mashinasi, blender, shaker va boshqalar)dan to‘g‘ri foydalanish va ularni texnik holatda saqlash
Kassa bilan ishlash, buyurtmalarni qabul qilish va hisob-kitob qilish
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Barmen yoki barista sifatida ish tajribasi (kamida 1 yil afzal)
Ichimlik retseptlari, tayyorlash texnologiyasi va xizmat ko‘rsatish standartlarini bilish
Tezkorlik, mas’uliyat va xushmuomalalik
Jamoada ishlash qobiliyati va mijozlarga individual yondashuv
Yoshi: 20–35 yosh
Chet tillarini (ingliz, rus) bilish – ustunlik sifatida baholanadi
Sharoitlar:
Qulay ish grafigi (smena asosida)
Raqobatbardosh ish haqi + bonuslar va foizlar
Ovqatlanish, forma va zarur jihozlar bilan ta’minlanadi
Rasmiy ishga qabul qilish (mehnat kodeksiga asosan)
Malaka oshirish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari
Do‘stona jamoa va zamonaviy, qulay ish muhiti