Reklama mutaxassisi

ABABIN

Reklama mutaxassisi

Описание вакансии

ASKO kompaniyasida Marketing bo‘limiga Reklama mutaxassisi kerak!

Kompaniya haqida
ASKO — O‘zbekistondagi eng yirik avtoshina, disk va akkumulyatorlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompaniya. Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab 50 dan ortiq filiallarimiz muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bizda faqat savdo emas — jamoa qadriyatlari, do‘stona muhit va rivojlanish imkoniyatlari mavjud.

Sizni qanday vazifalar kutmoqda?

  • Do‘konlarni o‘z vaqtida reklama materiallari bilan ta’minlash;

  • Do‘konlarda reklama jarayonlarini nazorat qilish;

  • Banner, bayroq va boshqa tashqi reklama materiallarini yangilab borish;

  • Do‘kon tepasidagi logotiplarning soz holatda bo‘lishini ta’minlash, hujjatlarini yuritish;

  • Yangi do‘kon ochilishida eksteryer va interyer ishlarini tashkillashtirish, ochilish tadbirini o‘tkazish;

  • Aksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish;

  • Marketing bo‘limining boshqa reklama faoliyatlariga ko‘maklashish.

Talablar:

  • Reklama va marketing sohasida kamida 1 yil tajriba (savdo sohasi tajribasi afzallik beradi);

  • O‘zbek tilini mukammal bilish, rus tilini bilish afzal;

  • MS Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlaridan foydalanish ko‘nikmasi;

  • Tashqi reklama va tadbirlarni tashkillashtirishda amaliy tajriba;

  • Mas’uliyatli, tartibli va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.

Biz sizga taklif qilamiz:

  • Barqaror ish haqi va qo‘shimcha bonuslar;

  • Shinam ofis va do‘stona jamoa;

  • Professional o‘sish va treninglarda ishtirok etish imkoniyati;

  • Qiziqarli va dinamik ish jarayoni.

📍 Ish joyi: Toshkent shahri, Yangi Hayot tumani, Tashkent INDEX savdo kompleksi, F-3 blok.
🕘 Ish vaqti: 09:00 – 18:00 (6/1, shanba 13:00 gacha).

Навыки
  • Деловое общение
  • Организаторские навыки
  • Внутренняя реклама
  • Закупка рекламных материалов
Посмотреть контакты работодателя

Похожие вакансии

Полный день
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
АКБ Агробанк
Полный день
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
ISHONCH KREDIT SAVDO
Полный день
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию