Ташкент, Янгихаётский район, Ташкент Индекс
Majburiyatlar:
Mobil ilovalarning Flutter yordamida ishlab chiqilishi va qo‘llab-quvvatlanishi.
Jamoa a’zolari — backend dasturchilar, dizaynerlar va menejerlar bilan samarali ishlash.
Clean Architecture tamoyillari asosida funksional va kengaytiriladigan yechimlar yaratish.
CRM, marketplace va servis ilovalari kabi real loyihalarda ishtirok etish.
Talab qilinadigan bilim va tajriba:
Dart va Flutter bo‘yicha chuqur bilim va real loyihalarda tajriba.
REST API va Firebase (Auth, Firestore, Cloud Functions, Messaging) bilan ishlash tajribasi.
State management — Bloc (Cubit), Provider, Riverpod, MobX tajribasi.
UI/UX dizaynlarga nisbatan Pixel Perfect yondashuv, responsive interfeyslar yaratish.
Push-bildirishnomalar, xarita (Google Maps, YandexMap) integratsiyasi.
Clean Architecture, SOLID, Dependency Injection prinsiplarini tushunish.
Unit, Widget va Integration testlar yozish tajribasi.
CI/CD — GitHub Actions, Codemagic, Firebase App Distribution yoki boshqa tizimlar bilan ishlash tajribasi.
Git bilan samarali ishlash, pull requestlar orqali jamoaviy ish yuritish.
Kod sifati va Clean Code madaniyatiga e’tibor.
Afzallik sifatida:
Platform channels orqali native kodlar bilan integratsiya tajribasi (Android/iOS).
Flutter Web va Desktop bilan ishlash tajribasi.
Performance profiling (DevTools, memory/CPU profiling, jank analysis) tajribasi.
App Store va Google Play’ga yuklash, release jarayonlarini bilish.
Shaxsiy sifatlar:
Jamoada ishlash va muloqot madaniyati (xushmuomala, ochiq fikrli).
Stressga chidamli, muammolarni hal qilishga intiluvchi.
Vaqtni boshqarish va muddatlarga amal qilish qobiliyati.
Doimiy o‘zini rivojlantirishga intilish, yangi texnologiyalarni o‘rganishga tayyorlik.