Ташкент, улица Афросиаб, 8
Kuchli kreativ, super kontent ijodkorini qidiryapmiz!
Ish turi: oflayn (*jamoaviy*)
Ish vaqti: 09:00 - 18:00 (suhbat asosida aniqlashtiramiz)
Maosh: 5-8 mln
___
Ish tavsifi
Sizga SMM menejer sifatida o’quv markazi topshiriladi. Sizning asosiy maqsadingiz loyiha maqsadidan kelib chiqqan holda, maqsadli auditoriyani kreativ kontentlar bilan organik jalb qilish, jamoni to’g’ri boshqarish va vazifalarni vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
_____
Asosiy vazifalar:
1. Kontent yaratish va boshqarish
- Maqsadli auditoriyani o‘rganish va ular uchun mos kontent formatlarini belgilash hamda oylik kontent planni yaratish.
- Auditoriyani organik jalb qiluvchi kreativ kontentlar ustida ishlash va trendlarni moslash.
- Har bir platforma (Instagram, Telegram va YouTube) ga mos post, storis, video va boshqa materiallarni yaratish.
- Kontentni dizaynerlar va mobilograflar bilan hamkorlikda (tz berish, videoga olish jarayonlarida qatnashish) ishlab chiqish.
2. Auditoriya bilan aloqada bo‘lish
- Kuzatuvchilar bilan interaktiv aloqani yo‘lga qo‘yish (so‘rovnomalar, viktorinalar, jonli efirlar o‘tkazish).
3. Tahlil va hisobot
- Platformalarda statistikani tahlil qilish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
4. Reklama kampaniyalarini boshqarish
- Ijtimoiy tarmoqlarda pullik reklama (targeting) kampaniyalarini targetolog bilan hamkorlikda tashkil etish.
- Reklama kreativlarini tayyorlab berish.
Talablar
1. Ish tajribasi
- SMM sohasida kamida 1 yil tajriba.
- Instagram, Telegram va YouTube platformalarida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar.
2. Bilim va ko‘nikmalar
- Kontent reja tuzish va uni strategik boshqarish
- Kreativ fikrlash
3. Texnik bilimlar
- Google Sheets bilan ishlash malakasi.
4. Shaxsiy sifatlar
- Jamoada ishlashga moslashuvchan va ochiq muloqot qiladigan.
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta loyiha ustida ishlashga qodir.
5. Til
- O‘zbek tili (erkin so‘zlash va yozish).
- Rus tili va ingliz tili bilimi qo‘shimcha afzallik hisoblanadi.
ARMADA AZIA TRADE
Ташкент
от 600 USD