Biz 1–5-sinf (7–13 yosh) o‘quvchilari bilan ishlay oladigan robototexnika o‘qituvchisini izlayapmiz (Toshkent shahrida). Agar siz do‘stona jamoada ishlashni, kelajakdagi muhandislarga bilim berishni va bolalarga amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z salohiyatini ochishda yordam berishni istasangiz — bu ish aynan siz uchun!
Vazifalar:
1–5-sinf o‘quvchilari uchun robototexnika darslarini o‘tkazish;
O‘quvchilarga LEGO Mindstorms, Arduino va LEGO WeDo kabi platformalar yordamida robotlar yasash va dasturlashni o‘rgatish;
Maktab ichki va tashqi robototexnika tadbirlarini (musobaqalar, ko‘rgazmalar) tashkil etishda ishtirok etish;
Robototexnika darslarida o‘quvchilarning davomatini yuritish;
Robototexnika xonasida jihozlar (kompyuterlar, robotlar, konstruktorslar) dan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash;
Darslar uchun zarur bo‘lgan jihozlar va materiallarni tayyor holatda saqlash va darslarga tayyorlash.
Talablar:
Robototexnika yoki shunga o‘xshash sohada kamida 1 yillik ish tajribasi;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash tajribasi va pedagogik amaliyot mavjudligi;
Robototexnika bo‘yicha o‘quv dasturlari va metodikalari bilan ishlash ko‘nikmasi;
O‘quv jarayoniga ijodiy yondashuv va o‘quvchilarni motivatsiya qila olish qobiliyati;
Yaxshi muloqot ko‘nikmalari, mas'uliyat, tashkiliy qobiliyat;
O‘zbek va rus tillarini bilish.
Sharoitlar:
Ish vaqti: 9:00 dan 16:00 gacha;
Do‘stona jamoa va qulay ish muhiti;
O‘z metodik materiallaringiz va o‘quv dasturlaringizni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlash;
Ta’limiy resurslar va materiallarga kirish imkoniyati;
Yetarli ish joylariga ega maxsus robototexnika xonasi.
Agar siz ushbu talablarimizga mos kelsangiz, biz bilan bog‘laning — suhbatlashib olamiz!
Мы ищем учителя робототехники для работы с детьми в Ташкенте. Если вы хотите работать в дружелюбном коллективе, передавать знания будущим инженерам и помогать детям раскрывать их потенциал через увлекательные практические занятия, эта вакансия для вас!
Обязанности:
Проведение уроков по робототехнике для школьников до 6-го класса.
Если это вакансия про вас, свяжитесь с нами для дальнейшего обсуждения!
ROBOTICS SCHOOL
Ташкент
до 9000000 UZS
НОУ OSIYO TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
Ташкент
до 15000000 UZS
Частный детский сад «Zazu King International»
Ташкент
до 7000000 UZS
НОУ INTERNATIONAL HOUSE LYCEUM
Ташкент
до 20000000 UZS