Маркетолог

Маркетолог

Фергана

Описание вакансии

Bizga qanday marketolog kerak?

Strategik fikrlovchi, raqamlar bilan ishlashni yaxshi biladigan, marketing kampaniyalarining samaradorligini o‘lchab, doimiy optimallashtira oladigan analitik marketolog izlayapmiz.

Asosiy vazifalar:

  • Mahsulotlar bo‘yicha reklama va sotuv strategiyalarini ishlab chiqish
  • Kampaniyalar (Instagram, Telegram, Google, Outdoor) bo‘yicha tahliliy hisobotlar tayyorlash
  • Bozor va raqobatchilar faoliyatini chuqur tahlil qilish
  • Savdo ma’lumotlarini tahlil qilish, ustun/zaif hududlarni aniqlash
  • Reklama byudjetining ROI (Return on Investment) ko‘rsatkichini hisoblab borish
  • CRM va BI tizimlar bilan ishlash (SmartUp, Google Sheets, Power BI yoki Excel)
  • A/B testlar o‘tkazish va natijalar asosida qarorlar qabul qilish

Talablar:

  • Marketing, statistika yoki iqtisodiy soha bo‘yicha oliy ma’lumot
  • Raqamlar va tahliliy hisobotlar bilan ishlash ko‘nikmasi
  • Kamida 2 yillik marketing yoki analitika sohasidagi ish tajribasi
  • Excel yoki Google Sheets’da mustahkam ko‘nikma (pivot table, formulas, diagrams)
  • Google Analytics, Yandex Metrika, Meta Ads Manager va boshqa platformalar bilan ishlay olish
  • Jamoa bilan ishlay olish va o‘z fikrini raqamlar orqali asoslab bera olish

Afzalliklar:

  • Qurilish materiallari yoki b2b sohasidagi tajriba
  • SMM, dizayn yoki kontent yaratish bo‘yicha bazaviy tushuncha
  • O‘z tashabbusi bilan strategiyalar taklif qila oladigan liderlik fazilatlari

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию