Temir eshik ishlab chiqaruvchu yetakchi korxonaga Konstruktor‑texnolog (SolidWorks) ishga taklif qilinadi
Biz — Xorazm bo‘ylab yetakchi temir eshiklari ishlab chiqaruvchimiz. O‘zimizning sexlarimiz va zamonaviy jihozlarimiz mahsulotimiz sifatini yuqori darajada ta’minlaydi hamda yangicha muhandislik yechimlarini tez joriy qilish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda jamoamizga qadriyatli va mas'uliyatli xodim izlayabmiz.
Talablar:
• Faqat erkak;
• SolidWorks dasturini yaxshi darajada bilish;
• Metall ishlov berish texnologiyasini tushunish (kesish, egish, payvandlash va h.k)
• Chizmalarni o‘qiy olish, GOST standartlariga tushunish;
• Texnik ma’lumot (mexanika muhandisligi, mashinasozlik va shu kabilar).
Vazifalar:
• SolidWorks dasturida metall buyumlarining chizma va 3D modellarini yaratish;
• Texnik hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish;
• Ishlab chiqarish bo‘limi bilan hamkorlik qilish;
• Yangi mahsulotlarni joriy etishda ishtirok etish.
✅ Qulayliklar:
• Barqaror ish va rasmiy bandlik;
• Professional o‘sish imkoniyati;
• Hamjihat jamoa va qulay ofis muhiti;
• Vaqtida maosh to‘lanishi;
• Zarur hollarda o‘rgatish va qo‘llab-quvvatlash;
• Korxona hisobidan tushlik;
• Uzoqdan kelganlarga turar joy bilan ta'minlanadi;
Ish sharoiti:
• Ish vaqti: 6/1, 08:30-20:00
• Maosh: 6 200 000-12 400 000 so'm
Manzil: Bog'ot tumani