:
Обязанности (Vazifalar):
Mijozlar bilan telefon orqali va ofisda jonli muloqot qilish, ularning ehtiyojlarini tushunish va mos obyektlarni taklif etish
Sotuv jarayonini to‘liq boshqarish: lidlar bilan ishlash, uchrashuvlar tashkil qilish, shartnomalar tayyorlash va yakunlashgacha bo‘lgan jarayonni olib borish
CRM tizimi orqali mijozlar bazasini yuritish va savdo faoliyatini tizimli tarzda boshqarish
Qurilish obyektlari, ularning texnik xususiyatlari va joylashuvini yaxshi o‘rganib, mijozlarga to‘liq tushuntirish berish
Bozorni o‘rganish, raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish va jamoaga foydali takliflar berish
Mijozlar bilan uzoq muddatli va ishonchli munosabatlarni shakllantirish
Sotuv rejalari va ko‘rsatkichlariga erishish
Требования (Talablar):
O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (yozma va og‘zaki)
Qurilish yoki ko‘chmas mulk sohasida kamida 1 yillik amaliy ish tajribasi
Zamonaviy sotuv texnikalari va psixologiyasi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish
CRM tizimlarida erkin ishlay olish (Bitrix24, amoCRM, va h.k.)
Lidlar bilan savodli va ishonchli aloqa o‘rnatish ko‘nikmasi
Mijoz bilan ishlashda yuqori mas’uliyat, puntuallik va tashabbuskorlik
Jamoada ishlash ko‘nikmasi, shuningdek mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati
Qurilish materiallari, loyiha bosqichlari va obyekt tavsifi bilan ishlashda tajriba
Условия (Sharoitlar):
Raqobatbardosh ish haqi + foizli bonus tizimi
Professional jamoa va qulay ofis sharoiti
Har doim yangi va talabgir obyektlar bilan ishlash imkoniyati
Rivojlanayotgan biznesda asosiy o‘rin egallash va o‘zini namoyon qilish imkoniyati