Ташкент, улица Чиланзар, 85
Samarali ombor faoliyatini yurita oladigan, tartib-intizomga qat’iy amal qiladigan, mahsulotlar hisobini yuritishda aniq va mas’uliyatli mutaxassisni izlayapmiz.
Asosiy vazifalar:
Ombordagi barcha tovar-moddiy boyliklarni hisobini yuritish;
Kelib tushayotgan va ombordan chiqayotgan mahsulotlar bo‘yicha to‘liq nazorat;
Kerakli dasturlar ( 1C, Excel va Google Sheets) orqali hisobotlar tayyorlash;
Sklad harakatini har kuni va har oyda to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish;
Inventarizatsiyalarni o‘tkazish, kamomad yoki ortiqchaliklarni aniqlash va hisobot berish;
Yetkazib berish, qaytarish va noto‘g‘ri jo‘natilgan mahsulotlar bo‘yicha texnik xodimlar va sotuvchilar bilan hamkorlikda ishlash;
Ombor hududida xavfsizlik, tozalik va tartibni ta’minlash.
✅ Talablar:
Ombor yoki logistika yo‘nalishida kamida 2-3 yillik ish tajribasi;
Kerakli dasturlarini yaxshi darajada bilish;
Javobgarlik, aniqlik va ishonchlilik;
Ombor tizimi, hisob-kitoblar va harakat hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
Jismoniy faollik va tashkiliy qobiliyat.
Biz taklif qilamiz:
O‘z vaqtida to‘lanadigan oylik ish haqi (suhbat asosida belgilanadi);
Rasmiy ishga joylashish;
Faoliyatni yuritish uchun barcha shart-sharoitlar;
Barqaror va o‘sib borayotgan kompaniyada ish tajribasi;
O‘z ustida ishlash va ko‘nikmalarni oshirish imkoniyati.