Tashkent, Bogibustan Street, 186
Connected.uz — bu Oʻzbekistondagi birinchi mutaxassislar platformasi bo‘lib, foydalanuvchilarga turli sohalardagi ekspertlar bilan onlayn konsultatsiyalarni osongina topish, band qilish va o‘tkazish imkonini beradi. Biz marketing yo‘nalishini mustahkamlash va foydalanuvchi bazamizni kengaytirish uchun iqtidorli va tashabbuskor Marketing Menejeri izlayapmiz.
Vazifalar:
Marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
Kontent, SMM va reklama kampaniyalarini rejalashtirish va boshqarish
Platformaga yangi foydalanuvchilar jalb qilish strategiyalarini yaratish
Email marketing, SEO va performance marketing bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish
Dizayner, kopirayter mutaxassislari bilan samarali ishlash
Analitik vositalar orqali kampaniyalarni monitoring qilish va optimallashtirish
Talablar:
Marketing yoki tegishli sohalarda 2+ yillik ish tajribasi
Raqamli marketing, SMM va brend strategiyasi bo‘yicha bilim
Analitik fikrlash, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik
Jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari
O‘zbek va rus tillarida ravon muloqot
Ingliz tili bilimi — afzallik
Nima taklif qilamiz:
Tez rivojlanayotgan startap muhitida ishlash imkoniyati
O‘z g‘oyalaringizni amalda sinab ko‘rish va ta’sir qilish erkinligi
Qiziqarli va ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha
Raqobatbardosh ish haqi
СП ООО ADMIX SPORT
Ташкент
до 10000000 UZS