Sifat nazorati (OTK) xodimi

Sifat nazorati (OTK) xodimi

Бухара, улица Халклар Дустлиги, 97

Описание вакансии

Обязанности:

1. Ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini nazorat qilish – bolalar shimlari, ko‘ylaklari, kardiganlar sifat me'yorlariga mosligini tekshirish.

2. Har bir tayyor mahsulotni vizual va texnik ko‘rikdan o‘tkazish – defekt, nuqson, tikish xatolari, noto‘g‘ri o‘lchamlar yoki belgilarni aniqlash.

3. Oraliq va yakuniy nazoratni amalga oshirish – mahsulotlar yarim tayyor holatida ham tekshiruvdan o‘tkazish.

4. Sifatga javob beradigan mahsulotlarga OTK belgisi qo‘yish – “O‘tdi” yoki “Rad etildi” holatini rasmiylashtirish.

5. Nuqsonli mahsulotlar to‘g‘risida hisobot tuzish – nuqson turi, sababi, qayta ishlov zarurligi haqida yozma ma’lumot berish.

6. Sifat buzilishiga olib keluvchi omillarni aniqlash va rahbariyatga xabar berish.

7. Ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya etilishini nazorat qilish – bichish, tikish, dazmollash bosqichlarini standartga mosligiga qarash.

8. Hisobot va kundalik nazorat jurnallarini yuritish – sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha.

9. Mahsulot sifati uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olish.

10. Ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifatga e’tibor berish, kerakli hollarda ishlab chiqarishni to‘xtatib, rahbariyatga ogohlantirish.

11. Maxfiylikni saqlash – ishlab chiqarish jarayonlari, hujjatlar va ichki axborotlar sir saqlanishi kerak.

12. Texnik va mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilish.

13. Boshliqlarning farmoyishlari va ichki tartib qoidalariga rioya qilish.

Требования:
  • Bolalar kiyimi mahsulotlarini sifati bilan ishlash tajribasi

  • Diqqatli va mas'uliyatli bo‘lish

  • Nuqsonlarni aniqlay olish va aniqlik bilan hisobot yurita olish

  • Kasbga oid texnik bilimlar (chizma, o‘lcham, sifat me'yorlari) bo‘lishi afzal

  • Jamoada ishlash qobiliyati va pazitiv bo'lish

Условия:
  • Barqaror ish o‘rni va o‘z vaqtida ish haqi

  • Yaxshi jamoa va qulay muhit

  • Transport bilan ta'minlash
  • Tushlik korxona hisobidan
Навыки
  • Управление командой
  • Умение работать в коллективе
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Sotuv xodimi

SHAROFBOBO AVEZOV

Полный день
  • Бухара

  • до 5000000 UZS

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию