Setavoy agent

Описание вакансии

Key Account Sales Representative / Setevoy agent
Hudud: Toshkent shahri
Bandlik turi: To‘liq ish kuni
Maosh: 6 000 000 – 18 000 000 so‘m (KPI bilan)

Biz haqimizda:
Kompaniyamiz bozorda faol o‘sayotgan va yirik supermarket tarmoqlari bilan bevosita hamkorlik qiluvchi distribyutorlik tizimiga ega. Jamoamizga supermarketlar bilan samarali ishlay oladigan va savdo hajmini oshira oladigan malakali sotuvchilarni taklif qilamiz.

Majburiyatlar:

  • Havas, Korzinka, Baraka, Bi1 kabi supermarketlar bilan tizimli ishlash

  • Buyurtmalarni qabul qilish va etkazib berish jarayonlarini muvofiqlashtirish

  • Mahsulotlarning joylashuvi va merchandiserlar faoliyatini nazorat qilish

  • Aksiyalar, maxsus takliflar va reklama faoliyatlarini joriy etish

  • Doimiy ravishda savdo hisobotlarini tayyorlash

  • Mijozlar bilan mustahkam munosabatlarni saqlash va kengaytirish

Talablar:

  • Savdo sohasida kamida 1-2 yillik ish tajribasi (supermarketlar bilan ishlaganlik afzallik beradi)

  • Muloqot qobiliyati kuchli, natijaga yo‘naltirilgan yondashuv

  • Avtomobilning mavjudligi afzallik hisoblanadi

  • MS Excel va boshqa ofis dasturlaridan foydalanishni bilish

  • Jamoada ishlash va o‘z vaqtida hisobot topshirish mas’uliyati

Biz taklif qilamiz:

  • 6 000 000 – 18 000 000 so‘m oylik daromad (fikrga qarab bonuslar)

  • Yo‘l xarajatlari va aloqa uchun kompensatsiya

  • Dinamik jamoa va o‘sish imkoniyatlari

  • Samarali va tushunarli KPI tizimi

  • Doimiy treninglar va rivojlanish uchun imkoniyatlar

Посмотреть контакты работодателя

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию