Axborot tizimlarini yaratishga oid loyiha boshqaruvi;
Dasturiy ta’minotlarni yaratishga hamda dasturlashga oid boshlang‘ich tushunchalar;
Axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonlarini boshqarish tamoyillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
Loyihalarning barcha bosqichlarida to‘g‘ri va sifatli hujjatlashtirish bo‘yicha tajriba;
Loyihalarni tahlil qilish hamda tizimlar samaradorligini oshirish bo'yicha ko'nikmalar;
Loyiha boshqaruviga oid sertifikatlar ma'qul ko'riladi;
Bankning tarkibiy bo'linmalari bilan loyihaga oid muzokaralarni olib borish, zaruriy vazifalarni taqsimlash hamda belgilangan muddatlarda vazifalar ijrosini nazorat qilish ko'nikmalariga ega nomzodlar ma'qul ko'riladi.
Majburiyatlar:
Bankning tarkibiy bo‘linmalari maqsadlarini hisobga olgan holda loyiha talablarini yig‘ish hamda tahlil qilish;
Buyurtmachi mas’ul xodimlar bilan muloqot qilish va ular ishining o'ziga xos xususiyatlarini tushunish;
Axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha tushunarli texnik topshiriqni ishlab chiqish;
Loyihaga oid tashqi axborot resurslari bilan integratsiyani amalga oshirish yuzasidan tashkiliy ishlarni bajarish;
Loyihani ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq grafiklarni ishlab chiqish hamda ushbu grafik asosida vazifalarni nazorat qilish;
Axborot tizimini ishlab chiqish jarayonida yuzaga kelgan noaniqliklar hamda kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Axborot tizimini amaliyotga joriy etishda zaruriy taqdimot hamda hisobotlarni tayyorlash.
Biz taklif etamiz:
Zamonaviy va qulay ish muhiti
Korporativ o‘quv kurslari va doimiy kasbiy rivojlanish imkoniyatlari
Qimmatli transformatsiya tajribasi
Xodimlarning tashabbus va g‘oyalari qadrlanadigan qo‘llab-quvvatlanadigan muhit;
Sport marafonlari va to‘garaklarga maxsus chegirmalar
Ijtimoiy loyihalar va sog‘lom turmush tarzi tadbirlari