Мархамат
UP o‘quv markazi bu -
• O‘zbekiston ta'lim bozorida 4 yillik tajriba
• Marhamat shahri bo‘ylab qulay joylarda 5 ta filial
• "UP STARS" asoschisi
• IELTS natijalari 8,5 gacha bo‘lgan ekspertlar jamoasi
UP o‘quv markazi mobilograflarni jamoamizning bir qismi bo‘lishga taklif qiladi!
Talablar:
- O‘zbek tilini va imloviy xatolarsiz yozishni mukammal bilish, rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi;
- Mobilografiya sohasida bilim va tajriba;
- Ushbu sohada kamida 6 oy ish tajribasi;
- Rasmga tushirish va montaj qilish bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- Foto va videolarni qayta ishlash qobiliyati;
- Uslubni his qila olish, tendentsiyalarni bilish;
- Ijodkorlik, mas'uliyat, qat'iyat.
Taklifimiz:
- Doimiy rivojlanish imkoniyati
- O‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi
- Do‘stona va ijodiy jamoa muhiti
- Kompaniya tomonidan 1 mahal bepul tushlik
Ish tartibi:
- Kelishuv bo‘yicha ish vaqti, tushdan keyin kuniga kamida 5 soat, yakshanba kunlari ham yarim kun ishlashi mumkin.
Ariza topshirish: Email orqali CVingizni bizga yuboring, biz sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.