Talablar:
Savdo sohasida, ayniqsa distributsiya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi;
Hududiy savdo strategiyasini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tajriba;
Jamoani boshqarish, rejalashtirish va motivatsiya qilish ko‘nikmasi;
MS Office (ayniqsa Excel) yoki savdo dasturlarida ishlash malakasi;
Mijozlar bilan muzokara olib borish va ishbilarmonlik aloqalarini yuritish tajribasi.
Vazifalar:
Savdo bo‘limining kunlik, oylik va choraklik ish rejasini tuzish va bajarilishini ta’minlash;
Hududiy mijozlar bazasini kengaytirish va mavjud mijozlar bilan ishlash samaradorligini oshirish;
Savdo jamoasini boshqarish, KPI va rejalarni belgilash, monitoring qilish;
Bozor va raqobatchilar tahlilini olib borish, strategik takliflar tayyorlash;
Savdo hisobotlarini shakllantirish va rahbariyatga taqdim etish;
Distributsiya zanjirida uzluksizlik va yetkazib berish samaradorligini ta’minlash.
Takliflar:
Raqobatbardosh oylik maosh va motivatsion bonus tizimi;
Malaka oshirish va martaba o‘sish imkoniyatlari;
Dinamik va qo‘llab-quvvatlovchi ish muhiti.