"Deluxe travel" korxonasiga Tur operator ishga taklif qilinadi.
Deluxe travel – sayohatlarini tashkil etishda 4 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan dinamik rivojlanayotgan turistik kompaniya. Bizning missiyamiz – unutilmas sayohatlarni yaratish va mijozlarga umr bo‘yi esda qoladigan taassurotlar ulashish.
Talablar:
• Rus tilida erkin so‘zlash va yozish;
• Turizm sohasida 1 yillik ish tajribasi;
• Rivojlangan kommunikatsiya va prezentatsiya koʻnikmalari, natijaga yo‘naltirilganlik;
• Kompyuter (MS Office) va ijtimoiy tarmoqlarda (Instagram) bilim va koʻnikmalar;
• Canva va foto/video tahrirlash dasturlarida bo'shlang'ich tushuncha;
• CRM dan foydalana bilish.
Vazifalar:
• Mijozlarga turlar va xizmatlar assortimenti bo‘yicha maslahat berish;
• Tur paketlarini faol sotish (kiruvchi va chiquvchi so‘rovlar bilan ishlash);
• Shartnomalar, hisobvaraqlar va boshqa hujjatlarni tayyorlash;
• Mijozlar bazasini yuritish, amalga oshirilgan savdolar bo‘yicha hisobot tayyorlash;
• Canva’da foto va grafik materiallar yaratish.
✅ Qulayliklar:
• Mehnat shartnomasiga asosan rasmiylashtirish;
• Kasbiy o‘sish va malaka oshirish imkoniyatlari;
• Cofebreak zona;
• Mehribon jamoa va shahar markazidagi qulay ofis;
• Ish vaqti: 5/2, 10:00-20:00 yoki 2/2, 10:00-21:00
• Maosh: 300$ + savdo foydasining 10-20% (o'rtacha 800$)
Manzil: Toshkent shahri
☎️ Telegram: @HRXodimAgency