Руководитель отдела продаж

YATT QURBANOV SAMADBEK AZAMAT O‘G‘LI

Руководитель отдела продаж

Ургенч

Описание вакансии

"Chaqmoq" korxonasiga savdo bo'limi rahbari ishga taklif qilinadi.

Chaqmoq - uy ta’mirlash uchun elektron tovarlarni sotish bilan shug‘ullanadi. Brend 1 yil avval tashkil etilgan bo‘lsa-da, tadbirkor bu sohada 10 yildan ortiq tajribaga ega. Hozirda jamoamizda 12 nafar xodim faoliyat yuritmoqda va biz sotuv bo‘lim boshlig‘ini (ROP) izlayapmiz.

Talablar:

• ROP lavozimida kamida 2 yillik tajriba;
• Onlayn savdo: marketpleyslar va CRM tizimlari tushunish;
• Xodimlarni boshqarish, o‘qitish va yetakchilik qobiliyatlari, kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalari;
• Resurslarni rejalashtirish, yuqori savdo maqsadlariga erishish ko‘nikmalari;
• Iqtisod, marketing yoki boshqaruv yo‘nalishida oliy ma’lumot – afzallik;
• Mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik.

Vazifalar:

• Onlayn va oflayn savdo kanallarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va joriy etish;
• Savdo bo‘limining savdo hajmi va KPI ko‘rsatkichlariga erishishini ta’minlash;
• Xodimlarning ish vazifalari va funksiyalarini boshqarish: yollash, o‘qitish, motivatsiya qilish;
• Biznes jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshirish;
• Asosiy mijozlar va strategik sheriklar bilan muzokaralarda ishtirok etish;
• Tezkor qarorlar qabul qilish va ko‘p vazifalilik rejimida muammolarni hal etish;
• Jamoaga vazifalar belgilash, bajarilishini nazorat qilish va natijalarni haftalik/planskiy yig‘ilishlarda muhokama qilish.

✅ Qulayliklar:

• Tushlik kompaniya hisobidan;
• Komfortli ofis sharoiti;
• 10 yillik tajribaga ega kompaniyada martaba o‘sish imkoniyati;
• Biznes rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyati va dinamik muhit;

• Ish vaqti: 08:30-19:00
• Maosh: $1000+

Manzil: Urganch shahri

☎️ Telegram: @HRXodimAgency

Навыки
  • Управление продажами
  • Управление командой
  • Обучение персонала
  • Мотивация сотрудников
  • Стратегическое мышление
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию