Ташкент, Сергелийский район, населённый пункт махалли Джалаир, улица Янги Хаёт
Kompaniya haqida:
Bizning kompaniya — "Dusel Electrical" kompaniyasi O‘zbekistonda sifatli Elektr mahsulotlarini ishlab chiqarishda yirik kompaniya.
Majburiyatlar (Vazifalar):
• Hodimlarning shaxsiy ish hujjatlarini yuritish va yangilab borish;
• Ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va ichki harakatlar bo‘yicha buyruqlarni tayyorlash;
• Mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish, bekor qilish va ularga o‘zgartirishlar kiritish;
• Ishchi fayllarni yuritish (mehnat daftarchalari, shaxsiy varaqalar, buyruqlar);
• Xodimlarning mehnat ta’tili, xizmat safari va ish tartibi bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlash;
• Hisobotlar tayyorlash va tizimli arxivlashni amalga oshirish;
• Ichki mehnat tartibi, qonun hujjatlari va kompaniya siyosatiga rioya etilishini ta’minlash.
Talablar:
• Yuqori yoki o‘rta maxsus ma’lumot (kadrlar, yuridik yoki boshqaruv yo‘nalishida);
• O‘zbekiston mehnat qonunchiligini bilish talab qilinadi;
• Mehnat kodeksi va kadrlar hujjatlarini yuritish qoidalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
• Kamida 1 yil kadrlar hujjatlari bilan ishlash tajribasi;
• Qurilish sohasida ishlaganlarga ustunlik beriladi;
• O'zbek tili (mukammal) va Rus tili (mukammal) bilish talab qilinadi;
• E’tiborli, mas’uliyatli va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish;
• OLX. Mymehnat.uz. hh.uz bilish lozim
Sharoitlar:
• Ish jadvali: Dushanba–shanba, 8:00–18:00; •Obed korxona hisobidan • Rasmiy ishga qabul qilish (mehnat shartnomasi asosida);
• Doimiy o‘sish va malaka oshirish imkoniyatlari;
• Hamjihat va do‘stona jamoa.
ABDUSAMATOVA RAYXONA G‘AYRAT QIZI
Ташкент
до 8000000 UZS
МОЛОКАНОВ КИРИЛЛ ИГОРЕВИЧ
Ташкент
до 15000000 UZS