“Jahon School” — zamonaviy xususiy maktabimizga mas’uliyatli va pokiza tozalik xodimini ishga taklif qiladi!
Agar siz gigiyena va tartib-intizomni qadrlasangiz, jamoada ishlashni yoqtirsangiz hamda bolalar muhitida o‘zingizni qulay his qilsangiz — biz aynan sizni qidirmoqdamiz!
Asosiy vazifalar:
- Sinfxonalar, ofislar, yo‘laklar va umumiy hududlarni muntazam tozalash.
- Deraza, eshik va mebellarni artish va silliqlash
- Axlatlarni chiqarish, chiqindi idishlarini tozalash va dezinfeksiya qilish.
- Hojatxonalarni gigiyenik qoidalarga mos tarzda tozalash.
- Har kuni ish joyini gigiyena standartlariga muvofiq tayyorlash.
Talablar:
- Rus tilini bilish — afzallik sifatida qaraladi.
- Mas’uliyatli, pokiza va intizomli bo‘lish.
- Jismoniy sog‘lomlik va faol mehnatga tayyorlik.
- Maktab muhitida ishlashga ijobiy munosabat.
Biz sizga nimani taklif qilamiz:
-
Qulay ish grafigi: ikki navbatdan birini tanlash imkoni;
- 7:00 - 15:00
- 13:00 - 21:00
- Qulay joylashuv (Tinchlik metro).
- Raqobatbardosh oylik (suhbatda kelishiladi).
- Kompaniya hisobidan mazali tushliklar.
- Zamonaviy va toza ish muhiti.
- Yaxshi muomala va do‘stona jamoa.
- Maktab ish boshlagach — bepul tushlik.
-
Rasmiy ishga qabul va ichki qo‘llab-quvvatlash.
Biz sizni jamoamizda kutamiz!
Tartib, poklik va bolalarga mehringiz — eng katta boyligimiz bo‘ladi!