Ташкент, Шайхантахурский район, массив Джангох, 20
Vakansiya: Moliyaviy tahlilchi (Equity Researcher)
Kompaniya nomi: Nurinvest
Faoliyati: NURINVEST — moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi innovatsion kompaniya. Biz AQSh fond bozori, xalqaro investitsiya bozorlari va fundamental moliyaviy tahlillar asosida investitsiya strategiyalarini ishlab chiqishga ixtisoslashganmiz.
Asosiy Vazifalar
Kompaniyaning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish va fundamental tahlillarni amalga oshirish.
Raqobatchilarning moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish va kompaniyaning bozor pozitsiyasini aniqlash.
Kompaniyaning moliyaviy qiymatlarini hisoblash va moliyaviy ko'rsatkichlarni baholash.
Investitsion g'oyalarni shakllantirish va yangi investitsiya imkoniyatlarini o'rganish.
Prezentatsiyalar tayyorlash va investorlarga oylik hisobotlarni taqdim etish.
Google Sheets va boshqa analitik dasturlarda hujjatlar va hisobotlarni yuritish.
Vakansiya Uchun Qo‘yilgan Talablar
Ta’lim darajasi: Moliya, Xalqaro buxgalteriya (ACCA), IFRS yoki Iqtisod sohalaridan oliy ma'lumot.
Ish tajribasi: Moliyaviy tahlil va fundamental tahlillar sohasida kamida 1-2 yil tajriba.
Xalqaro moliyaviy xisobotlar (IFRS) bilan ishlash ko'nikmasi.
Makro va mikro iqtisodiy ko'rsatkichlarni tushunish.
MS Office, Google Sheets, Excel va moliyaviy modellar (DCF model, revenue prediction) bilan ishlash tajribasi.
Ingliz tilini yaxshi darajada bilish (rus tili bilimi afzal).
Shaxsiy Sifatlar
Tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyati.
Tirishqoqlik, intizomlilik va izlanuvchanlik.
Hamkasblar bilan tez chiqishish va jamoada ishlash qobiliyati.
Katta hajmdagi ma'lumotlar bilan samarali ishlash.
Hisobotlarni tartibli va tizimli tayyorlash.
Ish Haqi va Bonuslar
Mukofotlar: KPI va investitsiya loyihalaridan kelib chiqib qo‘shimcha bonuslar.
Yillik ta’til: 21 kun
Ish Davomida O‘sish va Rivojlanish Imkoniyatlari
Ichki treninglar va o‘sish imkoniyatlari.
Karyera o‘sishi va yuqori malaka orttirish uchun maxsus dasturlar.
Eng yaxshi natijalarga erishgan xodimlar uchun rag‘batlantirish dasturi.
Ofisning Joylashuvi va Ish Vaqti
Joylashuv: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay 12
Ish vaqti: 6/1, 09:00 dan 18:00 gacha
Agar siz o‘z bilim va tajribangizni moliyaviy tahlil sohasida sinab ko‘rishni va yuqori daromadga erishishni istasangiz, bizning jamoamizga qo‘shiling!
Toyota Uzbekistan (Summit Motors Central Asia)
Ташкент
Не указана
Home Opulence Group
Ташкент
Не указана
Toyota Uzbekistan (Summit Motors Central Asia)
Ташкент
до 10000000 UZS
Customer experience laboratory
Ташкент
до 15400000 UZS
Ташкент
до 15400000 UZS
Ташкент
до 15400000 UZS