Ташкент, 89W3+XV7, Ташкент
SMM Mutaxassisi (Ofisda ishlash)
Kreativ fikrli, kontent yaratishda qobiliyatli va brendimizni onlayn dunyoda namoyon qila oladigan iqtidorli SMM mutaxassis izlayapmiz!
Ish joyi:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani
Chimgan chorraxasi, Yalang‘och masjid ro‘parasi (ofis)
Biz haqimizda:
Biz — xalqaro sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi kompaniya bo‘lib,
O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda — 20 yildan ortiq,
Qozog‘istonda — 10 yildan ortiq,
Turkiyada — 3 yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritamiz.
Nima qilish kerak bo‘ladi:
Kompaniyamiz ijtimoiy tarmoqlarini yuritish (Instagram, Telegram, Facebook, TikTok, You tube)
Kontent strategiyasini ishlab chiqish va grafik dizayner bilan birga amalga oshirish
Video-kontentlar uchun skriptlar yozish, trendlarni kuzatish
Kompaniya mahsulotlari va loyihalarini vizual va matnli jihatdan chiroyli ifodalash
Talablar:
SMM sohasida kamida 1 yil tajriba
O‘zbek tilida erkin so‘zlasha va yozish
Rus va ingliz tillarini o‘rtacha darajada tushunish
Kreativ fikrlash, kontent yozish qobiliyati
Trendlarni his qiladigan, tashabbuskor va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan inson
Ish tartibi:
Ofisda ishlash (Remote yoki frilans emas!) (Qo’shimcha proektlari bo’lsa ishdan bo’sh vaqtida qilishga ruhsat beriladi)
Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha, soat 09:00 — 18:00
Dam olish: Yakshanba
Ish haqi:
4 000 000 — 10 000 000+ so‘m (tajriba va natijaga qarab)
Karyeraviy o‘sish imkoniyati mavjud!
Qanday murojaat qilish kerak:
Telegram orqali quyidagi raqamga yozing va portfoliongizni yuboring:
Agentliklar, freelanschilar — iltimos, bezovta qilmang!
Bu — to‘liq shtatdagi, doimiy ofis ishidir.
Ташкент
от 500 USD
Ташкент
до 5880000 UZS