Самарканд, Дагбитская улица
Professional sotuv menejeri (ta`lim sohasida)
Havaskor va o`quv markazda sotuv menejeri sifatida tajribaga ega bo`lmagan nomzodlar so`rovi ko`rib chiqilmaydi va qabul qilinmaydi. Professional mutaxassislar qidirilmoqda.
Talablar:
- CRM, BITRIX va MC Office (Word, Excel) dasturlaridan foydalana olish;
- Soha bo'yicha eng kamida 1 yillik tajribasi bo'lishi (Kurs sotishda tajribasi borlar afzal ko'riladi);
- O'zbek tilida erkin muloqot qila olish (Qo'shimcha til bilish afzal ko'riladi)
- To'liq ish grafigida ishlay olish;
- O`quv markazda sotuv menejeri sifatida faoliyat yuritgan bo`lish;
- Sotuv menejeri sifatida o`qigan, sotuv texnikalari, ssenariylari, skriptlarini bilish;
- Mavjud sotuvni oyiga 10 % dan oshirish.
Qulayliklar:
- Har tomonlama qulay joylashuv;
- Ahil va rivojlanib boruvchi jamoa;
- Ish samaradorligiga binoan o`sib boruvchi maosh.
Vazifalar:
- Telefon orqali mijozlarga kurs haqida ma'lumot berish va sotish;
- Markazga kelgan o'quvchilarga kurs haqida ma'lumot berish;
- O'quvchilarga mos guruhlar topib berish va guruhlarga joylashtirish;
- Darsga kelmagan yangi o`quvchilar bilan bog`lanish.
Ish grafiklari: 09:00 - 18:00 yoki 13:00 - 19.00 6/1.
Oylik maosh: 5.000.000 - 15.000.000 gacha (dastlabki 2 oy 5-6 mln.gacha)
Oylik maosh bonus va KPIlar asosida hisoblanadi.
Diqqat: Sotuv menejeri bo`lib ishlamagan va ta`lim sohasida sotuv tajribasiga ega bo`lmaganlar qabul qilinmaydi.
Ushbu talablarga mos kelsangiz, quyidagi manzilga kirib, so`rovni to`ldiring